1-oktabr – O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni


Osiyo

1-oktabr – O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni

1 октября – День Учителей и Наставников

Prezident Islom Karimovning 1996-yil 27-dekabrdagi Farmoniga ko‘ra, bu bayram O‘zbekistonda 1997-yildan buyon nishonlanib kelinadi.

O‘shanja o‘zining o‘qituvchilar va ustozlarga bayram murojaatida O‘zbekiston rahbari ularning mehnatini juda yuqori baholadi, har bir o‘qituvchining mehnati murakkabligi va muhimligini qayd etdi hamda ularga "o‘z bilimi va tajribasini, iste’dodi va mahoratini, qalb mehrini, kuch-quvvatini ayamasdan, eng yaxshi insoniy fazilatlarni namoyon qilgan holda, ta’lim-tarbiya va ma’rifatparvarlik ishiga butun borlig‘ini berib xizmat qilib kelayotgani uchun" minnatdorchilik bildirdi.

Respublikada ta’lim tizimini muntazam takomillashtirishga, o‘quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilishga, maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini kengaytirishga, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Ushbu sohada qabul qilinayotgan qonun hujjatlari asosida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarning kasb mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan ma’rifiy loyihalar, ijodiy tanlovlar, o‘qituvchilar uchun konferentsiyalar o‘tkaziladi. "Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi", "Yilning eng yaxshi maktabi", "Yilning eng yaxshi ruhshunosi", "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" tanlovlari sohada ilg‘or tajribani ommalashtirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning muhim omili hisoblanadi.

Shu kuni o‘quvchilar, talabalar va umuman, mamlakatning butun aholisi barcha ta’lim muassasalarining o‘qituvchilarini, ustozlarini va murabbiylarini eng ahamiyatli va tantanali bayramlardan biri hisoblangan kasb bayrami bilan tabriklaydi. O‘zbekistonda o‘qituvchilar va murabbiylarga nisbatan munosabat doim o‘zgacha bo‘lgan. Bugun ham ushbu kasb sohiblarini avvalgiday juda hurmat qilishadi, ularning mehnatini va o‘sib kelayotgan avlod haqidagi fidokorona g‘amxo‘rligini juda qadrlashadi.


1-yanvar – Yangi yil
14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart – Navro‘z
9-may – Xotira va qadrlash kuni
1-sentabr – Mustaqillik Kuni
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr)
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!