14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni


Osiyo

14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni

14 января – День Защитников Родины

O‘zbekistonda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy bayram. Ushbu sana bejiz tanlanmagan. 1992-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlari shakllantirilgan kun. Shu kuni Mustaqillik maydonida tantanali marosim o‘tkaziladi, unda Respublika gimni yangraydi, harbiy orkestrning tantanali sadolari ostida harbiy bo‘linmalar marsh bilan o‘tadi. Monument poyiga gulchambarlar qo‘yiladi va Oliy Bosh qo‘mondonning Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan bayram nutqi yangraydi.

O‘zbekistonda ushbu bayram kunida aholi barcha erkaklarni tabriklaydi, sovg‘alar tayyorlab, mazali taomlarga to‘la dasturxon yozadi. Bayram kunida nafaqat harbiylar, balki turli yoshdagi barcha erkaklar tabrik nomalarini oladi. Har bir o‘g‘il bola yoki pensiyadagi qariya ham Vatan himoyachisi hisoblanadi, chunki kelajakda o‘sib kelayotgan avlod mamlakat qahramonlariga aylanadi, keksalar esa Vatan uchun o‘z xizmat burchlarini ado qilib bo‘lgan.

Ushbu sanada O‘zbekistonda Temuriylar imperiyasiga asos solgan buyuk sarkarda va jahongir Amir Temur (1336-yil 9-aprel – 1405-yil 18-fevral) xotirasi yod etiladi. Uni milliy qahramon sifatida qadrlashadi, chunki Amir Temur (Temurlang) sadoqatli askarlarni tayyorlagan. Ushbu sarkarda nafaqat qo‘shni mamlakatlar bilan, balki Oltin O’rda, Usmoniylar imperiyasi va Hindiston bilan ham janglar olib borgan. Temur uchun qo‘shni davlatlarning yerlarini talon-taroj qilish emas, balki Vatanni O’rdadan himoya qilish muhim bo‘lgan. Shu bois Vatan himoyachisi kunida odamlar buyuk sarkardaning xotirasini yod qilishni o‘zlarining burchi deb biladi.

Butun O‘zbekiston aholisi uchun Vatan himoyachilari kuni katta ahamiyatga ega. Ushbu bayram davlat erkinligi va mustaqilligining ramzidir.


1-yanvar – Yangi yil1
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart – Navro‘z
9-may – Xotira va qadrlash kuni
1-sentabr – Mustaqillik Kuni
1-oktabr – O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr)
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!