Buyuk Britaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun COVID safari cheklovlarini bekor qildi


Osiyo

Buyuk Britaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun COVID safari cheklovlarini bekor qildi

2022-yil 10-yanvardan boshlab emlash sertifikatiga ega boʻlgan oʻzbekistonliklar Buyuk Britaniyaga COVID-19 uchun PCR testini koʻrsatmasdan va karantindan oʻtmasdan kirishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili (Respublikaning Londondagi elchixonasi maʼlumotiga asoslanib) maʼlum qilishicha, 2022-yil 10-yanvardan boshlab Buyuk Britaniya Oʻzbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatlarini rasman tan oladi.

Bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning to‘liq kursini tugatgan bo‘lsa, emlanganlik sertifikati haqiqiy deb tan olinadi:

  • Covaxin
  • Moderna
  • Janssen (одна доза)
  • Novavax (Nuvaxovid и Covovax)
  • Oxford/AstraZeneca
  • Pfizer/BioNTech
  • Sinopharm Beijing
  • Sinovac-CoronaVac.

Sertifikatning tan olinishi emlangan O‘zbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PCR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan o‘tish majburiyatidan ozod qiladi.

PCR testi o‘rniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) o‘tish lozim.

Батафсил маълумот Британия ҳукумати веб-сайтида қилинган.

Batafsil ma'limot Britaniya hukumati veb-saytida e'lon qilingan.

Buyuk Britaniyaga kirish qoidalari haqida batafsil ma'lumotni bizning veb-saytimizda havolada topishingiz mumkin.


Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!