O‘zbekistonliklar yangi yil uchun qaysi davlatlarga ucha oladi


Osiyo

O‘zbekistonliklar yangi yil uchun qaysi davlatlarga ucha oladi

Oʻzbekiston Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangan bo‘lib, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvozlar amalga oshirilmoqda.

  • Rossiya – 22 ta reys: Toshkent – Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg
  • Qozog‘iston Respublikasi – 34 ta reys: Toshkent – Olmaota, Samarqand – Olmaota, Urganch – Oqtov, Nukus – Oqtov, Nukus – Oqto‘ba
  • Belarus Respublikasi – 4 ta reys: Toshkent – Minsk
  • Tojikiston Respublikasi – 4 ta reys: Toshkent – Dushanbe
  • Qirg‘iiston Respublikasi – 3 ta reys: Toshkent – Bishkek
  • Latviya – 2 ta reys: Toshkent – Riga
  • Gruziya – 2 ta reys: Toshkent – Tibilisi
  • Turkiya – 40 ta reys: Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul
  • Misr – 3 ta reys: Toshkent – Qohira, Toshkent – Sharm-al-Shayx
  • BAA – 16 ta reys: Toshkent – Dubay, Toshkent – Sharja
  • AQSh – 2 ta reys: Toshkent – Nyu-York
  • Germaniya – 2 ta reys: Toshkent – Frankfurt
  • Isroil – 1 ta reys: Toshkent – Tel-Aviv
  • Quvayt – 2 ta reys: Toshkent – Al-Quvayt
  • Eron – 1 ta reys: Toshkent – Tehron
  • Saudiya Arabistoni – 1 ta reys: Toshkent – Ar Riyod
  • Koreya Respublikasi – 4 ta reys: Toshkent – Seul
  • Hindiston – 2 ta reys: Toshkent – Dehli

Bayram kunlari O‘zbekiston fuqarolari ushbu xorijiy mamlakatlarga havo yo‘llari orqali borishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Pandemiya davrida turli mamlakatlarga kirish qoidalari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.


Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!