1-sentabr – Mustaqillik Kuni


Osiyo

1-sentabr – Mustaqillik Kuni

1 сентября - День Независимости

Mustaqillik Kuni O‘zbekistonning asosiy milliy bayrami hisoblanadi.

1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkentda "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinishi to‘g‘risida" qaror va "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida" qonun qabul qilindi. Qarorda O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlanishi belgilandi.

1992-yili ilk bor Mustaqillik kuni nishonlandi.

Butun respublika Mustaqillik kunini keng va shodon nishonlaydi. O‘zbekistonning har bir viloyatida o‘z bayram dasturi tayyorlanadi. Shu kuni qaerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, sizni qiziqarli tomoshalar kutadi: o‘ziga xos folklor jamoalarning chiqishlari, quvnoq sport musobaqalari, estrada shousi, xalq hunarmandlarining shovqin-suronli yarmarkalari. Va, albatta, shirinliklar va taomlarsiz qanday bayram bo‘lishi mumkin? Shu kuni bayram palovi – bu markaziy taom, oilalar, hamkasblar, qo‘shnilar, do‘stlar to‘kin-sochin dasturxon atrofida to‘planadi.

O‘zbekiston poytaxtida esa tantanalarga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi, chunki bayram shousi shu darajada yorqin va ko‘lamli-ki, kishini hayratda qoldiradi. Unda yuzlab statistlar, musiqiy va raqs jamoalari, estrada va kinoning yorqin yulduzlari qatnashadi. Kechki paytda esa maydon uzra ajoyib bayram mushakbozligi yuz beradi.


1-yanvar – Yangi yil
14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart – Navro‘z
9-may – Xotira va qadrlash kuni
1-oktabr – O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr)
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!