21-mart – Navro‘z


Osiyo

21-mart – Navro‘z

21 марта – Навруз

Bahor kelishi barcha davrlarda odamlarning hayotidagi eng quvonchli hodisa bo‘lgan. Odamlar uni tabiatning uyg‘onishi, hayot tantanasi, saxovatli hosildor yilga bo‘lgan umidlar bayrami deb bilgan.

Fors tilidan tarjimada "Navro‘z" "yangi kun" degani, u yangi yil boshlanishini bildiradi. 21-mart – bu bahorgi teng kunlik. Shu kuni yarim sharlar bo‘yicha yil fasllari almashadi: agar janubiy yarim sharda kuz kelsa, shimoliy yarim sharda – bahor bo‘ladi.

O‘zbekistonda odamlar bu bayramga puxta tayyorgarlik ko‘radi va 15-20 kun davomida bayram qiladi. Navro‘z arafasida mahallalarda hasharlar o‘tkaziladi, odamlar birgalikda ariqlarni tozalaydi, daraxtlarni oqlaydi, tomorqalarga belkurak bilan ishlov berishadi.

Har bir mahallaning o‘z choyxonasi bor. Choyxonalarda Navro‘z bayrami nishonlanadi, katta qozonlarda mazali taomlar pishiriladi. Bayramga shu mahallada va qo‘shni mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar taklif etiladi

Ushbu bayramning asosiy atributlaridan biri – bu sumalak, u o‘stirilgan bug‘doydan tayyorlanadi. Sumalak tayyorlash jarayoni – butun bir marosim hisoblanadi.

Uni tayyorlash ko‘p vaqtni oladi – 10 soatdan ortiq vaqt davomida tayyorlanadi. Odatda sumalak ko‘chada ulkan o‘choq va qozonda yog‘och kapgir bilan aralashtirgan holda tayyorlanadi. Sumalakni tayyorlash jarayonida bir necha kishi qatnashadi, chunki suyuqlikni muntazam ravishda aralashtirib turish lozim, bu esa bir kishi uchun qiyinlik qiladi. An’anaga ko‘ra, qaynash jarayoni quvnoq qo‘shiqlar, hazillar va laparlar bilan kechadi. Erkaklar sumalakni tayyorlash jarayonisha qo‘yilmaydi! Sumalak quyulib, jigarrang tusga kirgunga qadar qaynatiladi. Keyin sumalak biroz vaqt dam oldirib qo‘yiladi, ustidan qopqoq yoki biror qalin narsa yopiladi.

Umuman olganda Navro‘z bu shunchaki bayram emas. Navro‘z necha asrlardan buyon nishonlanib kelayotgan bo‘lsa, u qanchalik quvnoq va shodon o‘tsa, tabiat ham odamlarga shunchalik saxiy bo‘ladi, degan rivoyat ham shuncha asrlardan buyon mavjud. Shu bois bayram kuni Navro‘z qo‘shiqlari baralla yangraydi, odamlar o‘yin-kulgu qiladi, bahorga shon-sharaflar o‘qiydi, bir-biriga sovg‘alar hadya qiladi, yetimlar va ehtiyojmandlarga yordam beradi.

Oxirgi paytlarda turistlar o‘zbek milliy bayramlariga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Chunki shunday bayramlar orqali xorijliklar o‘zbek madaniyati bilan yaqinroq tanishishi mumkin.


1-yanvar – Yangi yil
14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
9-may – Xotira va qadrlash kuni
1-sentabr – Mustaqillik Kuni
1-oktabr – O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr)
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!