Toshkent – masjidlar, ibodatxonalar


Osiyo

Toshkent – masjidlar, ibodatxonalar


Minor masjidi

Minor masjidi

Minor masjidi – Toshkentning yangi me’moriy diqqatga sazovor inshooti. Masjid 2014-yili Qurbon Hayit biayrami arafasida ochilgan. Anhor kanali sohilida ochilgan ushbu ulug‘vor inshoot ochilishi bilanoq O‘zbekistonning muhim diniy markazlaridan biri maqomiga ega bo‘ldi. Masjid 2 500 dan ortiq kishini sig‘diradi.

Masjid an’anaviy sharq me’morchiligining barcha normalari bo‘yicha barpo etilgan, biroq oq marmar pardozi bilan qadimiy masjidlardan ajralib turadi. Toshkentliklar uni ko‘pincha "Oq masjid" deyishadi. Binoda ikki qavatli namoz zali va ikkita terrasa mavjud, ular orqali o‘yma naqshlar bilan bezatilgan ustunlarga ega ichki hovliga o‘tish mumkin.

Masjidning ichki jihozlari u yaqinda barpo etilganidan dalolat beradi. Unda ko‘p miqdorda zamonaviy qurilish-pardoz materiallari qo‘llangan. Qolgan ishlarda esa O‘rta Osiyo masjidlari uchun an’anaviy hisoblangan loy-gips o‘ymakorligi, Qur’ondan iqtiboslar va Muhammad payg‘ambarning iboralari bitilgan ko‘plab freskalar va mehroblardan (qiblaga yo‘nalishni ko‘rsatib turuvchi yarim aylana tirqish) foydalanilgan. Toshkent mehrobi Samarqand mehrobining aniq nusxasi.



Oltintepa masjidi

Oltintepa masjidi

O‘zbek usta-muhandislari masjidlarni barpo etib, pardoz qilar ekan kishilarni hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi. Oltintepa masjidi 2016-yilda rekonstruksiya qilingan. Endi keng xona bir vaqtning o‘zida 2 300 gacha kishini sig‘dira oladi.

Bino o‘zbek me’morchiligining eng yaxshi an’analarida bajarilgan. Uni zangori gumbaz bezab turibdi, ichki pardozning go‘zalligidan esa kishining aqli uchadi.

Katta zal va ichki hovli go‘yoki shahar tashvishlaridan xalos qiladigan boshpanaga va uyg‘unlikka ega bo‘ladigan joyga aylanadi.

Oltintepa masjidi Mirzo Ulug‘bek tumanida G‘azalkent ko‘chasida joylashgan. U kishini o‘ziga jalb etadigan mahalliy diqqatga sazovor joyga aylangan.



Islom ota masjidi

Islom ota masjidi

O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ masjidlardan biri, u 300 yillik tarixga ega. Avvalroq u Jo‘rabek deb atalgan. 2015 yilda masjid yong‘indan shikastlangan edi, tiklanganidan keyin unga O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi.

Masjid majmuasining hududi rekonstruksiya ishlaridan keyin ikki baravarga kattalashdi, endi u 10 ming nafargacha kishini sig‘diradi.

Majmuaga ulkan zangori gumbaz, markazda joylashgan bitta baland minora va burchaklar bo‘ylab to‘rtta kichik minora ko‘rk bag‘ishlab turibdi.

Shuningdek, unda nodir nashrlar va qo‘lyozmalarning asl nusxalari to‘plangan kutubxona ishlaydi.



Ko‘kcha masjidi va Shayx Zayniddin maqbarasi

Ko‘kcha masjidi va Shayx Zayniddin maqbarasi

Toshkentning eski shahar qismida Ko‘kcha mahallasida Shayx Zayniddin nomidagi masjid joylashgan, uning maqbarasi ham shu yerda. Xalq orasida u joylashgan yeri Ko‘kcha nomi bilan taniqli. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 6 000 kishigacha namoz o‘qishi mumkin.

Shayx Zayniddin 1164-yilda tug‘ilgan. U hayotini Suxravardiya tariqatining asoschisi – Shahobiddin Suxravardining ta’limotini ommalashtirishga bag‘ishlagan. Uning maqbarasi buyuk Temurlangning buyrug‘i bilan XIV asr oxirida barpo etilgan.

Bugungi kunda masjid O‘zbekistondagi eng ko‘rkam ziyoratgohlardan biri hisoblanadi, chunki 2011-yilda bu yer xattotlik san’ati, yog‘och va ganch o‘ymakorligi san'atini qo‘llagan holda rekonstruksiya qilindi.



Muqaddas Uspenskiy ibodatxonasi (Tangri Onasining Uspenskiy kafedral sobori)

Muqaddas Uspenskiy ibodatxonasi, Tangri Onasining Uspenskiy kafedral sobori

Ibodatxona qurilishi 1877-yilda gospital qabriston qoshida 1871-yilda qurilgan Panteleymon cherkovining eski binosi o‘rnida boshlangan. Uni qurishga mablag‘ shahar aholisi tomonidan ehson qilingan: xususan, Turkiston general-gubernatori Kaufman 3 000 rubl taqdim etgan. Eng katta summani esa toshkentlik birinchi gildiya savdogari Dmitriy Zaxo kiritgan, keyinchalik u 15 yil davomida shu yerda cherkov starostasi bo‘lib xizmat qilgan. 1879-yil 31-yanvarda ibodatxona shahid va tabib Panteleymon sharafiga tabarruk qilinadi.

1922-yilda qavm Rossiya cherkovining yangilanish Pravoslav Sinodi ixtiyoriga o‘tgan. 1933-yilda ibodatxona ibodatlar uchun yopilgan, shundan so‘ng binoda 1945-yilgacha O‘rta Osiyo harbiy okrugining sanitar ombori joylashgan. 1945-yil dekabrida cherkov dindorlarga qaytariladi, keyin Muqaddas Ona Uspeniya sharafiga takror tabarruk qilinadi. O‘sha paytda ibodatxona Toshkent yeparxiyasi kafedral sobori maqomiga ega bo‘ladi. 1958-1960 yillarda bino qayta quriladi va kengaytiriladi.

90-yillar boshida sobor qo‘ng‘iroqxonasi va uning gumbazi qayta quriladi, kengaytiriladi hamda soborga tutash hudud obodonlashtiriladi, shuningdek uning ichki jihozlari ham boyitiladi. 1996-yil 10-noyabrda o‘zining Toshkentga safari chog‘ida Moskva va Butun Rus patriarxi Aleksiy II bu yerda ibodat marosimini amalga oshiradi.

2014-yilda marhumlarga janoza o‘qish uchun yana bir bino – avliyo Luka Krimskiy ibodatxonasi barpo etildi. Ushbu mashhur poklovchi va jarroh 1917-1938 yillarda Toshkentda yashagan va xizmat qilgan.

Hozir umumiy qurilmalar majmuiga Uspenskiy ibodatxonasi, "Vodosvyatnaya", Cho‘qintirish xonasi, Diniy seminariya kiradi. Kafedral soborning janubiy tomonida Toshkent yeparxiyasining yuz yilligi sharafiga o‘rnatilgan marmar lavha bor, unda yeparxiyaga boshchilik qilgan harati oliy ierarxlarning hammasi sanab o‘tilgan.



Avliyo Georgiy Pobedonoses butxonasi

Avliyo Georgiy Pobedonoses butxonasi

Afsuski, bizning kunlargacha saqlanib qolmagan Kamolon darvozalari yaqinidagi mahallada qad ko‘targan.

1865-yilda general Chernyaev qo‘mondonligi ostida Toshkentni shturm qilishda halok bo‘lgan 24 ta rus oddiy askarining qardoshlik qabrida ustida "O‘z do‘stlarimiz uchun" yozuvi bitilgan qabr toshi qo‘yilgan va mortiralar yadrosidan tuzilgan uchta piramidacha ko‘rinishidagi yodgorlik o‘rnatilgan. Bu yer qabr joyi sifatida bejiz tanlanmagan, chunki butxona yonida Kamolon musulmonlar qabristoni joylashgan.

1886-yilda butxona qurilib, pravoslavlar odati bo‘yicha Eski va Yangi Ahdlardagi slavyan yozuvlari bilan bezatildi. Avliyo Georgiy Pobedonoses sharafiga tabarruk qilindi. Bir paytlar butxona o‘rtasida prizma bo‘lgan: bir tomondan ikona bo‘lsa, ikkinchi tomonda – Ahddan olingan yozuvlar, uchinchi tomonda esa – halok bo‘lgan askarlarning ismlari.

Butxona yonida cherkovga kirish joyiga ega, xochlar va chiroyli cho‘yan to‘siq devor bilan o‘ralgan kichkina xiyoboncha. Yodgorlikka urush nogironlari-faxriylari qarab turgan, buning uchun ularga maosh to‘langan. Har yili 15-iyun – Toshkent zabt etilgan kuni, inqilobdan oldingi Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab tug‘lar va cherkov qo‘shiqlari bilan cherkov namoyishi amalga oshirilgan.

Majmua 1917-yilgi Oktabr inqilobigacha faoliyat ko‘rsatgan, keyin esa talon-taroj qilinib, vayron qilingan. 1949-yilda yodgorlik joylashgan yer uchastkasi o‘zbek oilasiga berilgan. U yodgorlik yonida uy qurgan. 2020-yilgi Pasxa bayramiga butxona restavratsiya qilindi.



Muqaddas Iso Yuragi ibodatxonasi

Muqaddas Iso Yuragi ibodatxonasi

Toshkent markazida gotika uslubida barpo etilgan bir noyob bino bor. U noqulay joylashuvi tufayli biroz yerdan balandda turganday ko‘rinadi. Muqaddas Iso Yuragi ibodatxonasi (yoki “Polyak kostyoli”) Toshkentdagi yagona katolik ibodatxona hisoblanadi. Ibodatxona O‘zbekistonning apostollik administraturasiga tegishli.

Katolik ibodatxona qurilishi 1912-yilda boshlangan. Dastavval kostyol qurilishida Toshkentda xizmat qilayotgan katolik askarlar ishlagan, keyinroq esa Toshkent yaqinida saqlanayotgan harbiy asrlar ishlagan. Ularning orasida yuqori malakali muhandislar, haykaltaroshlar va sangtaroshlar bo‘lgan. Inqilob bo‘lib, hokimiyat tepasiga bolsheviklar kelganidan so‘ng qurilish to‘xtatilgan. 1925-yildan 1976-yilgacha qurib bitkazilmagan ibodatxonada turli korxonalar, yotoqxona va omborlar faoliyat ko‘rsatgan. Ibodatxona foydalanilmay yotgan davrda bu yerdagi barcha haykallar talon-taroj qilingan va buzilgan. 1976-yilda hukumatning binoni restavratsiya qilish haqidagi qaroridan so‘ng ibodatxona qayta ta’mirlandi va O‘zSSR madaniyat vazirligining balansiga o‘tkazildi. 1981-yilda kostyol binosi O‘zbekistonning arxitektura-tarixiy yodgorligi sifatida e’lon qilindi. 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga ko‘ra ibodatxona binosi Toshkentdagi katolik qavmga berildi. 1993-yilda binoning to‘liq restavratsiyasi boshlandi.

Ayni paytda ibodatxonadagi yakshanba messalari to‘rt tilda: ingliz, rus, koreys va poyalk tillarida olib boriladi. Ibodatxona qoshida O‘zbekiston Apostollik Administraturasining3 nafar fransiskan ruhoniy-rohibi, 1 nafar fransiskan-rohibi va yepiskopi xizmat qiladi.



Aleksandr Nevskiy ibodatxonasi

Aleksandr Nevskiy ibodatxonasi

Bu XX asrning boshlarida tamal toshi qo‘yilgan poytaxtdagi eng eski pravoslav cherkovi. U o‘z faoliyati davomida 1966-yilgi zilziladan omon qoldi, ammo bu tabiiy ofat uni ikkiga bo‘lib yubordi. Biroq, restavratsiyadan so‘ng, cherkov o‘zining oldingi qiyofasini oldi va endi o‘zining go‘zalligi bilan sayyohlar va aholini xushnud etmoqda.



Toshkent – hozirgi diqqatga sazovor joylar
Toshkent – muzeylar va teatrlar
Toshkent – tarixiy yodgorliklar
Toshkent istirohat bog‘lari, xiyobonlari, bog‘lari
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi
Buxoro – qadimiy va boqiy
Xiva – o‘tmishga ochilgan vaqt darvozasi
Xorazm – ming qal'adan iborat mamlakat

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!