Toshkent – muzeylar va teatrlar


Osiyo

Toshkent – muzeylar va teatrlar


Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Birinchi prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan Amir Temurning 660 yilligiga barpo etilgan "Temuriylar tarixi davlat muzeyi" Toshkent markazida 1996-yilning 18-oktabrida ochilgan. Mashhur arxitektura yodgorliklari uslubida qurilgan gumbazli inshoot darrov ko‘zga tashlanadi va e’tiborni tortadi.

Muzeyning ichki intereri marmar, nodir naqshlar, yupqa zarvaraq bilan bezatilgan. Zallarning devorlarida Temurlang hayotini tasvirlovchi freskalarni, shuningdek o‘sha davr ruhini beruvchi kratinalar bor. Muzeyda balandligi 8,5 metr va 160 000 ta shokilaga ega billur qandil kishini o‘ziga jalb qiladi.

Muzey eksponatlari Temuriylar dinastiyasi hukmronligi davridagi O‘zbekiston tarixida so‘zlaydi. Muzey fondi 3 000 dan ortiq eksponatga ega. Bu yerda o‘rta asrlarga mansub zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklar, musiqa asboblari, mehnat qurollari va o‘sha davrning boshqa buyumlarini ko‘rish mumkin. Markaziy zalda musulmonlarning muqaddas kitobi – Usmon Qur’onining nusxasi saqlanadi.

Muzey ekspozitsiyasida Temurlang va uning avlodlarining Yevropa mamlakatlari monarxlari bilan ko‘p sonli yozishmalarini, turli miniatyuralarni va Temuriylar dinastiyasi tomonidan barpo etilgan mashhur yodgorliklarning maketlarini ham ko‘rish mumkin.



O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Mamlakat tarixi ilk paleolit davridan boshlab bir necha ming yillar davomida alohida shaxslar va xalqlar, shafqatsiz istilolar va keng ko‘lamli g‘alayonlar, imperiyalarning qulashi va ko‘tarilishidan shakllangan. Odamlar asrlar davomida ikki daryo oralig‘ida yashagan va yirik shaharlarni barpo qilgan. Go‘zal vohalardagi obod qishloqlar ko‘p sonli bosqinchilarni o‘ziga jalb qilgan, ular bu yerlarga o‘z xalqini olib kelgan. O‘zbek xalqining boy tarixi shu tariqa vujudga kelgan.

Muzeyga 1876-yilda asos solingan bo‘lib, u paytda "Turkiston xalq muzeyi" deb nomlangan. U o‘ziga xos shaklga va katta kub ko‘rinishidagi planirovkaga ega to‘rt qavatli binoda joylashgan. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida madaniy merosning barcha bosqichlarini namoyish etuvchi 250 ming buyumdan iborat noyob to‘plam yig‘ilgan.

Muzeyning birinchi qavatida ko‘rgazmalar galereyasi mavjud. Ikkinchi qavatda paleolit davrining yodgorliklari, qadimgi dunyo va ilk o‘rta asrlar osori-atiqalari, Temuriylar hukmronligi davrining qimmatli topilmalari joylashgan. Asosiy xazinalar orasida qadimgi odam skeleti (eramizdan oldingi 1.5 mln yil), hayvonlar shakli tasvirlangan bronza qozoncha, Budda va monaxlar tasviri tushirilgan triada (eramizning 1-asri), Buyuk Ipak yo‘liga aloqasi bo‘lgan turli buyumlar. Uchinchi qavat hozirgi O‘zbekiston va O‘rta Osiyoning boshqa respublikalari hududida hukmronlik qilgan uchta xonlik davrini namoyish etadi. To‘rtinchi qavatda mamlakatning sanoat, iqtisodiy va sport yutuqlarini namoyish etuvchi eksponatlar va XIX-XXI asrlar maketlari to‘plangan.

Muzeyda suvenirlar rastasi bor, unda milliy uslubda tayyorlangan suvenirlar hamda sopol, tekstildan tayyorlangan g‘aroyib buyumlar va boshqa narsalar sotiladi.



O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi 1876-yilda ochilgan bo‘lib, o‘shandan buyon u hayvonot va o‘simliklar olamining eksponatlari bilan to‘ldirilb kelinmoqda. Ayni paytda muzeyda 400 mingdan ortiq zoologik va geologik materiallar mavjud.

Mamontlarning qoldiqlari, turli hayvonlarning mutantlari, embrionlari hamda to‘liq yo‘qolib ketish arafasida turgan qushlar va hayvonlarning tulumlaridan iborat g‘aroyib va noyob eksponatlar to‘plangan.

Tabiatdagi o‘zaro aloqani iloji boricha yaqqolroq ko‘rsatish uchun ekspozitsiyalarni tasvirlashda muzey landshaft metoddan foydalangan. Bunday metod ekotizim, tabiiy landshaft, hayvonlar, daraxtlar va hatto batafsil tasvirlangan Quyosh tizimini ham mayda tasiflotlarigacha namoysh etadi va aniq vizuallashtiradi.



O‘zbekiston san’at muzeyi

O‘zbekiston san’at muzeyi

O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga 1918-yilda asos solingan. 1935-yilgacha muzey knyaz N.Romanovning sobiq qarorgohida joylashgan, keyin Halq uyi binosiga ko‘chgan. 1974-yilda kvadrat hajmga ega zamonaviy muzey binosi barpo etilgan.

Muzey ekspozitsiyasida o‘zbek, rus va G‘arbiy Yevropa rassomlarining ishlari taqdim etilgan, ularning orasida o‘rta asrlar italyan, frantsuz va nemis tasviriy san’at namoyondalarining asarlaridan iborat to‘plam ham bor.Bu N.N.Karazinning "Lochin ovi", Z.M.Kovalevskayaning "Hovli", A.F.Bellolining "Cho‘milayotgan ayol" va boshqa kartinalar.



O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi

O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi

Hunarmandchilik san’ati tarixi haqida bilish va uning durdonalarini ko‘rish uchun "Amaliy san’at muzeyi"ga tashrif buyurish lozim.

Muzey 1927-yilda mamlakatimiz hunarmandlarining ishlarini ko‘rgazmaga qo‘yish uchun ochilgan bo‘lib, "Hunarlar muzeyi" deb nomlangan. 1977-yilda u davlat maqomiga ega bo‘ldi va hozirgi muzeyga aylandi.

Muzey fondida XIX asr boshidan to hozirgi kunlargacha yaratilgan hunarmandlarning 7 mingdan ortiq eng yaxshi asarlari to‘plangan, ularning orasida sopol buyumlarni, zargarlik buyumlarini, zardo‘zlik buyumlarini, milliy liboslar, so‘zanalar, gilamlar, do‘ppilar, miniatyuralar va yog‘och o‘ymakorligi buyumlari, chinni buyumlar, musiqiy asboblar va boshqa ko‘plab buyumlarni ko‘rish mumkin.



O‘zbekiston Geologiya muzeyi

O‘zbekiston Geologiya muzeyi

Muzeyning eng birinchi eksponati kichikroq hovlida joylashgan. O‘rtacha o‘lchamdagi toshlarda pterodaktillarning izlari qolgan.

Muzey paleontologiya, mineralogiya, qadimgi tog‘ sanoati, geologiya tarixi va geologik tadqiqotlar mavzulariga bag‘ishlangan 12 ta zaldan iborat. Ekspozitsiyada 40 mingdan ortiq turli eksponatlar mavjud.

Bu yerda siz yerda hayot paydo bo‘lishi bo‘yicha ekspozitsiyani o‘rganishingiz mumkin.Paleontologiya zalida O‘zbekiston hududidan topilgan qadimgi mollyuskalarning fossiliyalari, turli organizmlarning qazilma qoldiqlari va ularning hayot faoliyatining izlari, turli umurtqasizlarning qoldimlari, qadimgi fillar (ularning tishlari va umurtqalari), o‘simliklarning qoldiqlari taqdim etilgan.

Shuningdek O‘zbekistonda qazib chiqariladigan toshlar, minerallarning namunalari ham taqdim etilgan. Asosiy zaldagi maxsus stendlarda qimmatbaho toshlarni ko‘rish mumkin.



Islom Karimov muzeyi

Islom Karimov muzeyi

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua muzeyi (avvalgi nomi "Oqsaroy qarorgohi") O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining hayotiga bag‘ishlangan, bu yerda u ishlagan va o‘zining siyosiy faoliyatini yuritgan. Bu yerda muzeydan tashqari kutubxona va mutolaa zali, ilmiy markaz va konferens-zal bor. Muzey gulzorlar va yo‘laklarga ega manzarali bog‘ bilan o‘ralgan.

Saroy oldidagi baland asosga Islom Karimovning bronza haykali o‘rnatilgan. Muzeyning birinchi zalida prezidentning fotosuratlari, hujjatlari va shaxsiy buyumlari taqdim etilgan. Ikkinchi zalda Islom Karimov tasvirlangan badiiy kollektsiya to‘plangan. Qizig‘i shundaki, prezidentning o‘zi hech qachon rassomlar va suratkashlar oldida gavdalanmagan. Shuningdek muzeyda smart-ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning yordamida prezident hayotidagi qiziqarli hodisalar bilan tanishish mumkin.



Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi

Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga 1939-yilda asos solingan. Bu O‘zbekistonning yirik ilmiy-ma'rifiy muassasalaridan biri. Bu yerda o‘zbek xalqining adabiy merosi yodgorliklari saqlanadi.

Muzey fondida mamlakatimiz yozuvchi va shoirlarining hayoti va faoliyati haqida 65 mingdan ortiq hujjat to‘plangan.

Shuningdek, bu yerda 17 mingdan ortiq eksponat mavjud: o‘zbek madaniyati va adabiyotining ko‘p asrlik tarixini aks ettiruvchi san’at asarlari, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar, filmlar, arxeologik yodgorliklar.



Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Qo‘lyozmalar va mamlakat bosma nashrlari saqlanadigan maskan – bu Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. Kutubxona fondida dunyodagi eng katta o‘zbek tilidagi asarlar to‘plami yig‘ilgan.

Kutubxonaga 1870-yilda asos solingan. Turkiston general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman "Toshkent xalq kutubxonasi"ni tashkil qilishni buyuradi. Kutubxonaga birinchi nashrlarni to‘plash uchun rossiyalik olim, bibliograf V.I.Mejov jalb etiladi. Bu asosan Turkiston o‘lkasining tarixi haqidagi nashrlar bo‘lgan, keyinchalik ular ko‘p jildli "Turkiston to‘plami"ga asos bo‘ldi. Ushbu nashrlar hozirga qadar kutubxonada saqlanadi.

O’tgan yillar davomida kutubxonada katta o‘zgarishlar yuz berdi: 1882-yilda Turkiston general-gubernatori Mixail Grigorevich Chernyayevning buyrug‘i bilan muassasa yopildi, nashrlar esa turli tashkilotlarga taqsimlandi. Ammo, hech nimaga qaramasdan, kutubxona fondining katta qismini 1983-yilda tuzilgan Kuzatuv kengashi tufayli saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi. Kuzatuv kengashining tarkibi taniqli olimlar, tarixchilar va pedagoglardan iborat edi. 1920-yilda kutubxona “davlat” maqomiga ega bo‘ldi.

Kutubxona hozirgi nomiga 2020-yil fevralida Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi va Aliger Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi birlashganidan keyin ega bo‘ldi.



Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr

Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr

Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta opera va balet teatri 1939-yil iyunida tashkil qilingan. Bu boy tarixga ega O‘zbekistondagi yetakchi teatrlardan biri.

Teatr binosi Toshkent markazida joylashgan. Teatr atrofidagi maydon favvora va dekorativ daraxtlar bilan bezatilgan. Tomoshabinlar zalining sig‘imi (parter va ikki yarus) – 1 440 kishigacha.

1929-yilda O‘zbekiston xalq artisti Muhiddin Qori-Yoqubov rahbarligi ostidagi konsert-etnografik ansamblining muxlislari professional teatrni tashkil qiladi, unda raqas guruhiga mashhur Tamaraxonim boshchilik qiladi. 1939-yilda birinchi “Bo‘ron” operasi tomoshabinlar va tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ladi, shundan so‘ng teatrda "Yevgeniy Onegin", "Gulsara" operalari, "Koppeliya", "Qizg‘aldoq", "Don Kixot", "Balerina" baletlari sahnalashtiriladi.

Teatrning xalqaro loyihalari orasida "Tashkent Bahori" opera va balet festivalini, D.Puchchinining 150 yilligiga bag‘ishlangan festivalni, "Shoh qallig‘i", "Muhabbat sharobi", "Bogema" operalarining xorijiy postanovkalaridagi ishtiroklar hamda boshqa ko‘plab qiziqarli loyihalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Teatrning hozirgi repertuari bilan https://gabt.uz saytida tanishish mumkin.



Knyaz Romanov qarorgohi

Knyaz Romanov qarorgohi

Knyaz Nikolay Konstantinovich Romanovning qarorgohi 1891-yilda o‘sha paytdagi eng yaxshi g‘ishtdan qurilgan. Knyaz Toshkentda birinchi kinoteatr, novvoyxona, knyaz askarlari uchun kichikroq tuman va sug‘orish kanallari tarmog‘i qurilishiga ko‘maklashgan. Uni Toshkentda juda yaxshi ko‘rishgan, shu bois u poytaxt aholisiga ko‘p e’tibor qaratadi.

Nikolay Konstantinovich Toshkentdagi hayoti davomida taniqli rassomlarning asarlari, antikvariat va kitoblarni to‘playdi va ularni shaharga vasiyat qilib qoldiradi. U hayotdan ko‘z yumshanidan keyin saroy san’at muzeyiga aylantirildi, keyinchalik esa uni antikvariat va zargarlik buyumlari muzeyiga aylantirishadi.

Hozir bino O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Qabullar uyi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda, ammo yaqinda uni tashriflar uchun ochib, muzeyga aylantirish rejalashtirilmoqda.



Toshkent – hozirgi diqqatga sazovor joylar
Toshkent – tarixiy yodgorliklar
Toshkent – masjidlar, ibodatxonalar
Toshkent istirohat bog‘lari, xiyobonlari, bog‘lari
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi
Buxoro – qadimiy va boqiy
Xiva – o‘tmishga ochilgan vaqt darvozasi
Xorazm – ming qal'adan iborat mamlakat

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!