Yangi "Hilton Tashkent City" mehmonxonasi shahar markazida joylashgan bo‘lib, ishbilarmon kishilarni ham, poytaxt mehmonlarini ham qulay joylashtirish sharoitlarini taklif qiladi. Shishali fasad makonni kengaytiradi, kunduzgi yorug‘lik esa hashamatli zamonaviy interyerda yorqin mehmondo‘st muhitni yaratadi.
Mehmonxona imkoniyati cheklangan kishilar uchun to‘liq jihozlangan.
Guest Room Single/Double xonalarda barcha qulayliklar mavjud. Ergonomik mebel, derazadan ko‘rinadigan ajoyib manzara tkfayli sizda yaxshi dam olish uchun barchasi bo‘ladi.
Executive Room Single/Double xonalarda kiruvchi keng nomerlardan birini tanlagan holda go‘zal manzaradan bahra olish va nufuzli mehmonxonadan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. Eksklyuziv afzalliklardan biri – bepul nonushta hamda kun davomida gazaklar va ichimliklar.
Corner Suite Single/Double nomerlarda alohida mehmonxona va yotoqxona bor.
Barcha xonalarda bepul Wi-Fi ishlaydi.
Panoramali manzaraga ega panosiyo uslubidagi "City 21" restorani mehmonxonaning 21-qavatida joylashgan. Unda 2 ta alohida zal va ochiq havoda keng terrasa mavjud bo‘lib, undan shaharga ajoyib manzara ochiladi. Menyuda bosh oshpazdan eng yaxshi taomlar, dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan vinolar va o‘tkir alkogolli ichimliklarning keng tanlovi taqdim etilgan.
"Shosh" restoranining interyeri klassik uslubda bajarilgan bo‘lib, tinch iliq ranglarda pardozlangan. Kuningizni mashhur Hilton nonushtasidan boshlang, tushlikka o‘zingizni o‘zbek va yevropa oshxonasining taomlari bilan siylang, iliq kechalarni esa terrasada o‘tkazing.
"Tumbler" bari – bu hordiq chiqarish uchun ideal joy. Bu yerda kun davomida bemalollik muhitida dasturxonga tez tayyorlanadigan va yengil gazaklar, milliy va yevropa oshxonasining taomlari, vinolar, an’anaviy ichimliklar tortiladi.
"Lobby Lounge" esa yoqimli musiqa ohanglari ostida do‘stlar va ish bo‘yicha hamkorlar bilan uchrashish uchun ideal joy. Bu yerda sizga har doim yangi tayyorlangan qahva va mazali pishiriqlarni taklif qilishadi.
Tadbirlar va to‘ylarni o‘tkazish uchun umumiy maydoni 2 453 m.kv. bo‘lgan konferens-zallardan, shu jumladan maydoni 728 m.kv. bo‘lgan tutash terrasaga ega zamonaviy keng banket zalidan foydalanish mumkin.
Shuningdek "Serenity" Spa-markazi ham mehmonlarning ixtiyorida bo‘ladi, unda o‘rnatma gidromassajli vannaga ega yopiq basseyn, fin va bug‘li sauna hamda trenajyor zali joylashgan. Fitnes-zal mashhur ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, mehmonlar uchun 24/7 rejimida ochiq.
Mehmonxonada chekish uchun maxsus ajratilgan joylar mavjud:
- chekuvchilar uchun alohida nomerlar 9, 10 va 16 qavatlarda
- City 21 panosiyo restoranida maxsus xona
- ikkinchi qavatda joylashgan konferens-zal yonidagi xona