"Ipak Hotel" – bu uncha katta bo‘lmagan, 17 ta mehmonga mo‘ljallangan 7 ta qulay xonadan iborat shinam mehmonxona. Mehmonxona har qanday mijozga qulay bo‘lgan tarzda joylashish uchun turli xonalarni taklif etadi. Toifasidan qat’i nazar, barcha xonalar servis standartlariga muvofiq eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu hordiq chiqarish va ish bo‘yicha uchrashuvlarni o‘tkazish uchun ajoyib joy.
Voqealarga boy kundan keyin mehmonlar eng jazirama kunlarda salqinlik bag‘ishlovchi ajoyib ichki hovlida yoki ochiq suzish basseynida dam olishi mumkin.
Standard Twin/Double – bitta katta karavonga yoki ikkita bir kishilik karavotga ega standart xonalar.
Classic Triple Room – uchta bir kishilik karavotga ega klassik nomerlar.
Superior Room – King-Size o‘lchamidagi ikkita katta karavotga ega oilaviy xona.
Barcha xonalarda quyidagilar bor:
- konditsioner
- sun’iy yo‘ldosh televideniesi
- dush, fen
- elektr choynak
"-1" qavatda restoran joylashgan bo‘lib, bu yerda mehmonlar uchun har kuni eng mazali nonushta (shved stoli) tayyorlanadi. Shuningdek bu yerda ish bo‘yicha urashuvlarni, hamkasblar, hamkorlar bilan muzokaralarni o‘tkazish yoki do‘stlar bilan urashib, bir finjon qahva yoki choydan rohatlanish mumkin.
"Ipak Hotel" – bu hordig‘ingiz unutilmas voqeaga aylanadigan maskan. Xushmuomala va e’tiborli xodimlar bu yerga yana va yana qaytishingiz uchun bor mahoratini ishga soladi!
Mavsumiy narxlar aniqlanmoqda