"Jipek Joli Inn" mehmonxonasi Nukus shahrining markazida, Davlat tarixi muzeyi va Markaziy bozordan bir necha daqiqalik yurish masofasida joylashgan.
Mehmonlarni tunu-kun qayd qilish stoykasi va konditsionerlar bilan jihozlangan xonalar mijozlarning xizmatiga shay. Mehmonxonadagi barcha xonalar klassik uslubda jihozlangan. Qulayliklar orasida mini-bar va yassi ekranli televizorni ko‘rish mumkin. Vannaxonalarda xalatlar va shippaklar bor.
Mehmonlarga quyidagi xizmatlar taklif etiladi: salqin bog‘, chekmaydiganlar uchun maxsus xonalar, shinam bar, konferensiyalar uchun zal, tezkor internet, bog‘, terrasa, kutubxona, televizor qo‘yilgan umumiy launj/mehmonxona, mehmonxonaning butun hududida bepul Wi-Fi ishlaydi.
"Jipek joli Inn" mehmonxonasining restoranida Yevropa va qoraqalpoq oshxonasining taomlari tayyorlanadi. Nonushta dasturxoni ham shu yerda yoziladi.
Zarurat bo‘lganida mehmonlar uchun avtoturargohda bepul joylar taqdim etiladi.
Shuningdek, mehmonxonada konferens-zal/banket zali, Biznes-markaz, sartaroshxona, suvenirlar do‘koni bor.
Mavsumiy narxlar aniqlanmoqda