"Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasi o‘z mehmonlarini taqdim etiladigan xizmatlarning yuqori darajasi, shinam xonalarning zamonaviy interyeri hamda turistlar uchun ham, ishbilarmonlar uchun ham qulay bo‘lgan poytaxtning qoq yuragida joylashuvi bilan mamnun etadi. Mehmonxona tashqi qiyofasining klassik arxitekturasi ichki dekorning bejirimligi bilan uyg‘unlashib ketgan, u shahar manzarasiga juda mos tushgan. Mehmonxona eng yaxshi uskunalar va mehmonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun 232 ta xona bilan jihozlangan.
Standard – bu iliq ranglarda mohirona bajarilgan va oddiy dizaynga ega xonalar, ularning derazalari Opera va balet teatriga yoki ichki hovliga qaragan. Xonalar urf bo‘lgan mebel hamda shinam va rohatbaxsh yashash uchun boshqa qulayliklar bilan jihozlangan.
Standard Superior – yuqori darajada qulaylikka ega bo‘lgan, derazalari Opera va balet testriga yoki ichki hovliga qaragan keng xona mehmonlarning sifatli hordig‘ini ta’minlaydi. U yuqori sifatli mebel va turli qulayliklar bilan jihozlangan. Bu yerda biznes va hordiq yangi darajaga ko‘tarilgan.
Junior Suite – ko‘rkam, derazalari Opera va balet teatriga yoki ichki hovliga qaragan, alohida yotoqxona va mehmonxonadan tashkil topgan yoqimli, keng va bejirim nomer. Safardan charchagan, doimiy tashvishda bo‘lgan mehmonlar bu yerda yaxshi hordiq chiqarishlari mumkin.
Superior Suite – yevropacha uslubda bajarilgan, derazalari Opera va balet teatriga yoki ichki hovliga qaragan zamonaviy va shinam xona. Ushbu mehmonxonani boshqalaridan ajratib turuvchi nazokatli xizmatlar sizga alohida rohatni his qilish imkonini beradi, siz uyingizdan uzoqda o‘zingizni o‘z uyingizday his qilishingiz mumkin.
Premier Suite – ushbu nomer interyeri juda oddiy va zamonaviy. Yotoqxona va mehmonxona bo‘lingan va klassik va bejirim uslubda bezatilgan. Uning derazalaridan ajoyib shahar manzarasini tomosha qilish mumkin. Ish joyi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Bu tinchlik va xotirjamlik muhitini taqdim etuvchi birinchi darajali lyuks.
Xonalarda quyidagilar bor:
- Double / Twin karavoti (Premier Suite nomerida Double karavoti)
- FullHD 32" televizori (Standard sinfidagi xonalarda)
- FullHD 42" televizori (Suite sinfidagi xonalarda)
- telefon
- choynak
- vannaxona
- shippak, xalat, fen
- gigiyena buyumlari
- poyabzal uchun qoshiqcha
Mehmonxonadagi restoranlar va barlar eng talabchan mehmonlarning didini qondiradi. Tansiq taomlarga to‘la oshxonada Toshkentning eng zo‘r bosh oshpazlari esda qolarli taassurotlarni in’om etadi.
"Toshkent" restorani – bu poytaxt faxri. Bu yerda mehmonlar tetiklashtiruvchi nonushta, quvvat beruvchi tushlik va tansiq kechki ovqatdan bahra olishlari mumkin.Eng yangi masalliqlarga ega salat-bar va kompleks tushlik menyusi sizni haqiqatdan ham bejirim dizaynli interyer muhitida o‘zgacha kechki taom kutayotganini anglatadi.
"6 Floor" Grill and Bar. Yoz kechalarini mehmonxonaning 6-qavatidagi terrasada o‘tkazing, bu yerda panorama, zamonaviy dizayn va yoqimli muhit sizga toza havoda unutilmas kechani in’om etadi. Bu to‘y fotosuratlari uchun ham juda chiroyli joy. Tomda to‘y marosimini o‘tkazish sizning betakror tantanangizni yanada unutilmas voqeaga aylantiradi.
Lounge&Bar "Piano" – ish bo‘yicha hamokrlar va do‘stlar bilan uchrashuvlar hamda kechki payt hordiq chiqarish uchun ideal joy hisoblanadi, u mehmonxona lobbisida joylashgan. Tunu-kun ishlaydi.
Xizmatingizda uchrashuvlar va muzokaralarni o‘tkazish uchun sig‘imi 25-30 kishilik 2 ta konferens-zal, shuningdek taqdimotlar va furshetlar o‘tkazish uchun katta zal bo‘ladi. Zallar turli uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, muvaffaqiyatli uchrashuvlar uchun ajoyib servis bilan ta’minlaydi. Uchrashuvlar uchun xizmatlar paketi taklif etiladi: konferens-zal + qahva-breyk.
Shuningdek mehmonlar uchun trenajyor zali, zamonaviy sauna hamda relaksatsiya va kuchlarni tiklash uchun massaj dasturi xizmatlari ham muntazir.
"Lotte City Hotel Tashkent Palace" – hordiq muhiti va zamonaviy infratuzilmadan bahramand bo‘ling.