Zamonaviy "Navruz Hotel Tashkent" mehmonxonasi shahar markazida, barcha zarur infratuzilmadan (banklar, qahvaxonalar, restoranlar, oziq-ovqat mahsulotlar sotiladigan supermarketlar va kiyim do‘konlari) bir qadamlik masofada joylashgan.
Mehmonxona qulay yashash uchun zamonaviy texnika bilan jihozlangan, turli toifadagi 130 ta xonani taklif etadi. Xonalarning hammasi maksimal qulay uyqu uchun ortopedik matraslar bilan jihozlangan. Har bir xonaga iqlim nazorati tizimi o‘rnatilgan. Mehmonxonadagi barcha xonalar chekmaydiganlar uchun mo‘ljallangan.
Standard Econom xonalari o‘zida ixchamlik va zarur qulaylik darajasini birlashtirgan. Xonada ortopedik matrasli karavot va qulay mebel mavjud. Shaxsiy buyumlarni saqlash uchun xonada ishonchli seyf o‘rnatilgan.
Standard Twin xonasi bir-ikkita mehmon uchun ikkita alohida bir kishilik karavotga ega, ular zamonaviy ortopedik matraslar bilan jihozlangan. Alkogolsiz ichimliklarga ega mini-bar, qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun seyf xona qiymatiga kiritilgan.
Standard King toifasidagi barcha xonalar king-size o‘lchamidagi qulay karavot, kiyim javoni, alohida ish zonasi, seyf, bepul alkogolsiz ichimliklarga ega mini-sovutgich va bir marta ishlatiladigan individual anjomlar bilan jihozlangan.
Ikki xonali Suite nomeri king-size o‘lchamidagi qulay karavot bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda siz ish kunidan keyin hordiq chiqarishingiz mumkin, shuningdek nomerda ish bo‘yicha uchrashuvlarni o‘tkazish yoki hordiq chiqarish uchun mehmonxona-kabinet bor. Alohida vannaxona barcha zarur individual anjomlar bilan ta’minlangan.
Barcha xonalarda quyidagilar bor:
- televizor, IP TV
- konditsioner
- telefon
- Internet, Wi-Fi
- qahva qaynatgich/choynak
- alkogolsiz ichimliklarga ega mini-bar
- mini-sovutgich
- seyf
- vannaxona/dush kabinasi
- fen
Mehmonxonada 16 kishiga mo‘ljallangan muzokaralar o‘tkazish xonasi hamda taqdimotlar, seminarlar, treninglar tashkil qilish uchun 30 kishilik konferens-zal mavjud. Ikkala zal ham ekran va proyektor, flipchart-doska va konditsionerlash tizimi bilan jihozlangan.
Uzoq kechishi mumkin bo‘lgan xizmat safarida bo‘shashib qolmaslik uchun mehmondar trenajyor zalidan foydalanishi mumkin. Yoz davrida ochiq basseynda cho‘milish yoki qulay yotoqlarda oftobda toblanish mumkin. Mehmonlar uchun sauna ham muntazir.
Hordiq chiqarish uchun mehmonlarning xizmatiga bilyard xonasi shay. Mehmonlar mehmonxonaning ichki hovlisida ham hordiq chiqarishlari mumkin. Ko‘kalamzorlashtirilgan terrasa zo‘riqtiruvchi kundan keyin bo‘shashish imkonini beradi.
Mehmonxonaning 6-qavatida ochiq terrasa joylashgan. Bu yolg‘iz qolib romantik kechani o‘tkazish yoki do‘stlar bilan hordiq chiqarish uchun ideal joy. 6-qavat balandligidan kechki Toshkent manzarasiga ajoyib ko‘rinish ochiladi.
Mehmonxona diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun piyoda yuruvchi turistlar uchun ham, transportlarning yaxshi kesishmasi va biznes-markazlar yaqinligi sababli ishbilarmon kishilar uchun ham juda qulay.