"Uzbekistan" mehmonxonasi o‘zining sharqona mehmondo'stligi bilan mashhur va Toshkentning qoq markazida joylashgan! Qulay yashash uchun konditsioner va televizor bilan jihozlangan shinam xonalar xizmatingizga muntazir. "O‘zbekiston" mehmonxonasida mebel bidanjihozlangan klassik xonalarda va mini-barga ega lyukslarda joylashish mumkin. Mehmonxona interyeri qora yog‘och mebel va nafis matolar yordamida bezalgan. Har bir vannaxonada fen bor.
Standard SA – bu uncha katta bo‘lmagan, ammo shahar manzarasini tomosha qilish mumkin bo‘lgan hamda bir kishilik yoki bir yarim kishilik karavot bilan jihozlangan juda shinam xona.
Standard SB – balkoni shahar manzarasiga qaragan, King size karavoti bilan jihozlangan shinam xona. Bunday xonalar ikki kishi joylashishi uchun ham, bir kishi joylashishi uchun ham mo‘ljallangan.
Standard Superior King/Twin – bu King Size karavoti yoki ikkita bir kishilik karavotlar bilan jihozlangan, yaxshilangan keng 2 kishilik xona. Uchinchi kishini va qo‘shimcha karavotni joylashtirish imkoniyati mavjud.
Suite – balkoni shahar manzarasiga qaragan muhtasham xona. Karavotlar: King Size, Queen Size yoki ikki kishilik.
Har bir xonada quyidagilar mavjud:
- garderob yoki kiyim uchun shkaf
- kreslo, stul, yozuv stoli, ko‘zgu (Suite sinfiga kiruvchi xonada divan bor)
- televizor, kabel televideniyesi
- telefon
- fankoyl
- Internet, Wi-Fi
- vannaxona (vanna yoki dush kabinasi, rakovina)
- pardoz-andoz buyumlari, fen, shippaklar, xalat, hammom sochiqlari
- mini-sovutgich
- seyf
Nonushta har kuni ertalab soat 08:30 da taqdim etiladi. So‘rov bo‘yicha maxsus parhez menyusiga buyurtma qilish mumkin.
Biz mehmonlarga o‘zbek, rus, yevropa, osiyo, amerika oshxonasining taomlarini taklif qilishdan mamnunmiz, ularni royal chalinib turadigan shinam restoranda tanovul qilish mumkin. "Vienna" kafe-barida issiq va salqinlashtiruvchi ichimliklarning keng tanlovi mavjud. Shuningdek, hududda snek-bar ham ishlaydi.
"Uzbekistan" mehmonxonasida trenajyor zali, sauna xizmatingizda bo‘ladi. Bo‘shashtiruvchi va tibbiy massaj seanslariga tashrif buyurish mumkin. Bundan tashqari, pardoz saloni va sartaroshxona ham faoliyat ko‘rsatadi. Mehmonxona yonida ko‘plab diqqatga sazovor joylar, do‘konlar va qahvaxonalar joylashgan. Tunu-kun ro‘yxatdan o‘tkazish stoykasida ishlaydigan xodimlar Toshkent aeroportigacha transferni tashkillashtirishi mumkin.
Mavsumiy narxlar aniqlanmoqda