"Wyndham Tashkent" xalqaro 4 yulduzli mehmonxonasi personallashtirilgan yuqori sifatli xizmatni izlaydigan sayohatchilar uchun maxsus mo‘ljallangan. Mehmonxona bashanglik va qulaylikni o‘zida birlashtirgan holda, ham biznes, ham dam olish uchun juda mos keladigan keng hashamatli xonalar va apartamentlarni, shuningdek qo‘shimcha xizmatlarning keng turlarini taklif etadi.
Standard Single/Double. Ajoyib tungi hordiq uchun ikki kishilik katta va qulay king-size karavoti bilan jihozlangan xonalardan bahramand bo‘ling. Xonalarda elektr rozetkalaridan qulay foydalanish imkoniyati bilan ish stollari mavjud. Bu xonalar – xizmat safari yoki ikki kishi uchun romantik safarlar uchun ajoyib tanlov.
Deluxe Single/Double. Ushbu ajoyib xonalar mehmonxonaning yuqori qavatlarida joylashgan bo‘lib, dam olish va ishlash uchun keng zonalarni o‘z ichiga olgan. Xonalar bitta king-size karavoti yoki ikkita bir kishilik karavot, ish stoli bilan jihozlangan. Mini-bar turli gazaklar va ichimliklarni taklif qiladi.
Junior/Executive Suite. Ushbu keng ikki xonali shinam normerlarda o‘zingizni uyingizdagiday his qiling. Xonalar yuqorqavatlarda joylashgan bo‘lib, ularning derazalaridan Toshkent markaziga manzarali ko‘rinish ochiladi. Yotoqxonada ortopedik matras to‘shalgan king-size o‘lchamidagi hashamatli karavot o‘rnatilgan, shuningdek xonada ikkita vannaxona bor. Keng dam olish xonasida katta divan va qahva stolchasi joylashtirilgan.
Presidential Suite – bu mehmonxonadagi eng muhtasham nomer. Ikki xonadan iborat nomer to‘liq jihozlangan (mikroto‘lqinli pech va sovutgich) oshxonani o‘z ichiga olgan. Marmar vannaxona jakuzi va dush kabinasi hamda bide bilan jihozlangan. Shuningdek, bu yerda mehmonlar uchun ikkinchi vannaxona va garderob bor. Yotoqxonaga katta karavot o‘rnatilgan. Nomerda bepul Wi-Fi va Smart TV bor.
Xonalardagi qulayliklar:
- Wi-Fi va tezkor Internet
- televizor
- HDTV yo‘ldoshli televideniyesi
- seyf
- mini-bar
- AM/FM radioli soat/budilnik
- dush kabinasi yoki vannali vannaxona
- sochiqlar to‘plami, fen
- xalat, shippak
- pardoz va hammom anjomlari
"Wyndham Tashkent" restoranlari o‘zida yevropa, milliy va o‘rta yer dengizi oshxonalarining eng yaxshi an’analarini o‘zida jamlagan.
- "Turkuaz" restorani, sig‘imi 85 kishigacha, yozgi terrasasi va ochiq oshxonasi bor, mehmonxonaning birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, shved stoli formatidagi nonushtalar, tushliklar va kechki ovqatlar uchun to‘liq jihozlangan. Bu konferensiyalar paytida nazokatli furshet yoki biznes-lanch uchun ideal joy.
- "Café O'Pera" restorani ochiq yozgi terrasa hamda tansiq yevropa va milliy taomlarning boy tanloviga ega bo‘lgan shinavandalar uchun eng mashhur joylardan biri. Cafe O'Pera restorani – to‘yimli nonushtalar, tushliklar va kechki payt chalinadigan jonli musiqa bilan nozik kechki ovqatlar uchun ideal joy.
- "Gloria Jean's Coffees" qahvaxonasi mehmonxonaning birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, u sizga mashhur Avstraliya brendiga mansub 100% arabika qahvasining ajoyib ta’mini baholashni taklif etadi. Qahva turlari orasida klassik espresso, yengil kapuchino, mayin latte yoki oq shokoladli mokkoni hamda menyudagi boshqa ko‘plab qahvalarni tatib ko‘rish mumkin.
- "Garden" Bar baridagi kishini lol qoldiruvchi muhit butun yoz mavsumi davomida haqiqatdan ham hordiq chiqarish imkonini beradi. Uning yam-yashil hududi oilaviy kechki ovqatlar uchun ham, ochiq havoda o‘tkaziladigan 200 gacha mehmonga mo‘ljallangan banketlar uchun ham ideal tarzda mos keladi. bu yerda joylashgan ochiq basseyn kechangizga o‘zgacha ko‘rkamlik bag‘ishlaydi.
"Wyndham Tashkent" mehmonxonasi turli tadbirlarni – to‘ylar, korporativ uchrashuvlar va hokazolarni o‘tkazish uchun umumiy maydoni 635 m.kv bo‘lgan beshta universal zalni taklif qiladi. Zallarning hammasi tezkor Internet va Wi-Fi, ekran, proektorlar, televizorlar, DVD va VCR, mikrofonlar va naushniklar bilan jihozlangan.
- "Silk Road Ballroom" konferens-zali – bu har qanday formatdagi tadbirlarni – konferensiyalar, treninglar, seminarlar, taqdimotlar, teleko‘priklar, banketlar va to‘y tantanalarini o‘tkazish uchun ajoyib joy. Undan tadbir maqsadlari va ishtirokchilarining soniga qarab to‘liq yoki ikki qismga bo‘lgan holda foydalanish mumkin. Zalga 500 nafargacha kishi sig‘adi.
- "Samarkand" konferens-zali o‘zining ajoyib joylashuvi va to‘g‘ri burchakli shakli tufayli 60 nafargacha kishini sig‘diradi, u seminarlar, treninglar va boshqa ish bo‘yicha tadbirlar uchun ajoyib joy hisoblanadi.
- "Bukhara", "Khiva" konferens-zallari – bu sig‘imi 30 kishigacha bo‘lgan kichikroq zallar bo‘lib, ular muzokaralar, kichikroq yig‘ilishlar va direktorlar kengashining yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun ideal tarzda mos keladi. Bukhara zalidan Silk Road Ballroom zalida keng ko‘lamli tadbirlarni o‘tkazganda breyk-aut xonalar sifatida foydalanish mumkin.
Mehmonxonada barcha zarur trenajyorlar bilan jihozlangan "Blue Harmony" o‘ta zamonaviy fitnes-markazi mavjud. Shuningdek, uning hududida yopiq keng basseyn joylashgan.