Quyidagilar taqiqlanadi:
Comfort va Family nomerlarida, koridorlar va umumiy foydalanuvdagi xonalarda chekish
Majmua hududiga o‘zingiz bilan yegulik va ichimliklar olib kelish
|
Toshkent shahri chegarasida joylashgan "Grace Garden" dam olish majmui hordig‘ingizni unutilmas yoqimli va qulay, har qanday tadbirni esa yorqin va esda qoladigan qiladi!
Uydagiday shinam mehmonxona zamonaviy nomerlarga ega, u gahar tashvishlaridan uzoqda joylashgan bo‘lib, tabiat xotirjamligi bilan burkangan, bu hordig‘ingizni qulay va betashvish qiladi. Yozda – bu basseynlarga, chiroyli landshaftga va mazali taomlarga ega musaffo maskan, qishda esa – sevimli kishilaringiz bilan va yolg‘iz o‘zingiz sokin dam olishingiz uchun ajoyib joy.
Xonalar
Standard. Bir xonali nomer. Joylashuv – 2 ta katta kishi.
- ikki kishilik karavot
- stol
- televizor
- dushxona sanuzel bilan
- gigiyena to‘plami, sochiqlar
- mineral suv
Comfort. Bir xonali balkonga ega nomer. Joylashuv – 2 ta katta kishi va 16 yoshgacha bo‘lgan bola.
- ikki kishilik karavot
- yig‘iladigan divan
- shkaf, stol
- televizor
- sovutgich
- elektr choynak
- dushxona sanuzel bilan
- fen, gigiyena to‘plami, sochiqlar
- mineral suv, qahva, choy, shakar
Family. Ikki xonali verandaga ega nomer. Joylashuv – 2 ta katta kishi va 16 yoshgacha bo‘lgan 2 bola.
- 2 ta ikki kishilik karavot
- yig‘ishtiriladigan divan
- shkaf, stol
- televizor
- sovutgich
- elektr choynak
- dushxona sanuzel bilan
- fen, gigiyena to‘plami, sochiqlar
- mineral suv, qahva, choy, shakar
Ko‘ngilxushliklar
2 ta yozshi basseyn – bu har qanday didga mo‘ljallangan ikkita dam olish zonasi! "White" – relaks kayfiyatini beruvchi g‘aroyib maydoncha – basseyn atrofidagi o‘simliklar g‘aroyib ertakdagi kabi maskanni yaratadi. "Aktiv" – bu o‘yin-kulgu, o‘yinlar, musiqa va... musaffolantiruvchi suv dengizi!
Oilaviy kechki ovqatdan tortib, to korporativ tantanalargacha bo‘lgan tadbirlarni zalda yoki terrasada o‘tkazish mumkin. Menyuda Osiyo va Yevropa taomlarining eng yaxshi namunalari taqdim etilgan. Shinam muhit, ajoyib servis va juda mazali taomlar – "Grace Garden" majmui ko‘p yillardan beri ommabop ekanining siridir, bu yerga mehmonlar adbatta yana qaytadi va o‘z do‘stlariga tavsiya etadi.
Agar Siz yaxshi hordiq chiqarishni va shahar hayotidan dam olishni istasangiz, unda SPA-zonada massaj yoki pilingga yozilish eng yaxshi variant bo‘ladi! Badaningizni professionallarga ishonib topshiring va nafaqat ruhiy, balki jismoniy sog‘liq tiklanishidan rohatlaning.
Turli o‘yin va ijodiy zonalarga ega katta bolalar xonasida farzandlaringiz bilan professional tarbiyachilar shug‘ullanadi. Bolalar klubining ish vaqti soat 11.00 dan 19.00 gacha. 19.00 dan keyin "pullik enaga" xizmati bor.
"Grace Garden" inson qalbi dam oladigan joy! Biz bilan hordig‘ingiz ertakdagiday bo‘ladi!