Mehmonxona Buxoroning markazida, Labi Hovuz majmuasidan 50 metr narida joylashgan. Undan tezda shaharning asosiy diqqatga sazovor joylariga yetib borishingiz mumkin. XVI asr inshooti Nodir Devonbegi madrasasigacha piyoda sayr 3 daqiqa vaqtni oladi. XII asrning Poyi Kalon ansambli mehmonxonadan piyoda 10 daqiqalik masofada joylashgan. Buxoro Ark qal’asi mehmonxonadan 1,5 km uzoqlikda joylashgan.
Mehmonxonadagi barcha nomerlar klassik uslubda yog‘och mebellar bilan bezatilgan. Xonaning turiga qarab bir yoki ikki kishilik karavotlar mavjud. Ba’zi xonalarning derazalaridan diqqatga sazovor joylar va shahar manzarasi ochiladi. Nomerlar yaxshi ovoz o‘tkazmaydigan qilib qo‘yilgan. Lyuksda mehmonlar uchun maxsus qulaylik sifatida patio bor.
Allergiya bilan og‘rigan odamlar ham qulay joylashishlari mumkin – tozalash maxsus yuvish vositalari bilan amalga oshiriladi.
Nomerlardagi qulaylik:
- ish stoli
- konditsioner
- yassi ekranli televizor
- seyf
- telefon
- elektr choynak
- mini-bar
- sovutgich
- vannaxona
- fen, sochiq, gigiyena buyumlari
An’anaviy naqshlar bilan bezatilgan restoran mehmonlar xizmatiga muntazir. Mehmonxonaning o‘z restorani tashrif buyuruvchilarga mintaqaviy oshxonaning eng yaxshi taomlarini, shu jumladan, hasip’ni taqdim etishga tayyor. Mehmonxona barida har kuni mehmonlarga ajoyib nonushta tortiladi.
Mehmonxonada ekskursiya byurosi ham mavjud.
Mavsumiy narxlar aniqlanmoqda