Germaniyaga borayotgan yo‘lovchilar diqqatiga


Osiyo

Germaniyaga borayotgan yo‘lovchilar diqqatiga

"Omikron" shtammining paydo bo‘lishi munosabati bilan, Germaniya hukumati amaldagi qoidalarga yangilarini kiritdi:

  • Germaniyaga kelayotgan 6 va undan yoshi katta yo‘lovchilar parvozga chiqishdan oldin Covid-19 testining salbiy natijasini, kasallikdan tuzalganligini tasdiqlovchi hujjat yoki Johnson&Johnson, Moderna, AstraZeneca, Pfizer vaksinalari bilan emlanganlik sertifikatini taqdim etishlari kerak.
  • Antigen testi Germaniyaga kirishdan 48 soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda, PZR-testi esa parvozdan 48 soat oldin oʻtkazilgan boʻlishi kerak.

Fuqarolar emlash seriyasini 14 kundan ortiq vaqt oldin Evropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan vaktsina bilan yakunlagan bo'lsa, emlangan hisoblanadi.

Germaniya O‘zbekistonni "boshqa hududlar" ro’yxatiga kiritganligi sababli www.einreiseanmeldung.de saytida raqamli shaklni to‘ldirish va karantinda boʻlish talab etilmaydi. (Uzbekistan Airways maʼlumotlariga koʻra)

Qoidalarni buzganlik uchun € 25 000 gacha jarima solinishi mumkin.

* * *

Germaniya hududiga kirish qoidalari haqida batafsil ma'lumotni bizning veb-saytimizda havola orqali bilib olishingiz mumkin.


Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!