9-may – Xotira va qadrlash kuni


Osiyo

9-may – Xotira va qadrlash kuni

9 мая - День памяти и почестей

Ikkinchi Jahon urushi boshlangan paytda O‘zbekiston aholisi 6,5 million kishi edi. Ulug‘ Vatan urushida jami 1.4 mln.ga yaqin o‘zbekistonlik (aholining 22%) qatnashdi.

Yurtdoshlarimiz butun kuchi va imkoniyatlarini qisqa muddat ichida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 100 dan ortiq zavod va fabrika faoliyatini yo‘lga qo‘yishga safarbar qildi. Urush yillarida respublikamizdan frontga 2 mingdan ortiq samolyot, katta miqdorda tanklar, qurol-yarog‘, harbiy-sanitar poezdlar, dala oshxonalari, palatkalar, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak yetkazib berildi.

120 mingdan ortiq o‘zbekistonlik askar va zobitlar ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun orden va medallar bilan taqdirlandi. Ulardan 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 74 nafari – uch darajali Shuhrat ordeniga sazovor bo‘ldi.

Shu kuni Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarining xotirasi yod etiladi. Motamsaro Ona haykali poyiga gullar qo‘yiladi, Qardosh qabrlar memoriali ziyorat qilinadi.

2020-yilda Toshkentning Olmazor tumanida mavzuli G‘alaba bog‘i va muzey ochildi. Bog‘ harbiy yillar uslubida jihozlangan, unda okoplar va blindajlar, dala oshxonalari va o‘sha yillarning boshqa elementlarini ko‘rish mumkin. Ochiq osmon ostida harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi taqdim etilgan.


1-yanvar – Yangi yil
14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart – Navro‘z
1-sentabr – Mustaqillik Kuni
1-oktabr – O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr)
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!