Toshkent istirohat bog‘lari, xiyobonlari, bog‘lari


Osiyo

Toshkent istirohat bog‘lari, xiyobonlari, bog‘lari


Amir Temur xiyoboni

Amir Temur xiyoboni

Bugungi kunda mashhur sarkarda nomi berilgan xiyobon 19-asr oxirida barpo etilgan. O‘shanda u Toshkentning markazida, shaharning ikkita asosiy ko‘chasi kesishmasida joylashgan kichik bog‘dan iborat edi. 1994-yil 31-avgustda, O‘zbekiston mustaqilligining uch yilligi arafasida, bog‘da shohona harbiy kiyimidagi sarkardaning bronzadan yasalgan otliq haykali o‘rnatildi (haykaltaroshlar Kamol va Ilhom Jabborovlar), xiyobon tozalandi, ko‘kalamzorlashtirildi va favvoralari bo‘lgan maydonga aylantirildi. Amir Temurning "Kuch adolatdadur" shiori yodgorlikka to‘rt tilda yozib qo‘yilgan.

Mashhur davlat arbobi, sarkarda Amir Temur Shahrisabzdan uncha uzoq bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. U Barloslar oilasiga mansub Tarag‘ayning o‘g‘li edi. Temur yoshligidan turli urushlarda qatnashgan, boshqaruv tizimini chuqur o‘rgangan. U 30 yildan ortiq bepoyon imperiyani boshqarib, ulkan davlatni yaratadi. Temuriylar sulolasi hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotni bog‘ning yonida joylashgan "Temuriylar davlat muzeyi"da topish mumkin.

Bugungi kunda xiyobonni "O‘zbekiston" mehmonxonasi, Yuridik institut va rasmiy marosimlar o‘tkaziladigan Forumlar saroyi kabi binolar o‘rab turibdi.



Yapon bog‘i

Yapon bog‘i

Yana bir diqqatga sazovor joy "Yapon bog‘i" hisoblanadi, bu katta shaharning o‘rtasida joylashgan o‘ziga xos yapon oroli! Shiyponlar, choy uyi, qulay yog‘och ko‘priklar, turli qushlar – bularning barchasi Yaponiya muhitini juda yaxshi taqdim etgan.

Bog‘ tarixi 1947-yilda, Toshkent markazidagi bo‘sh joy o‘rnida bog‘ tashkil etilishidan boshlangan. O‘shanda yapon harbiy asirlari ko‘l uchun chuqur qazigan. Bog‘ning rasmiy ochilishi 2001-yil 25-avgustda bo‘lib o‘tdi. Ushbu bog‘ ochilganidan buyon shahar mehmonlari uchun ham, uning aholisi uchun ham sevimli joylardan biriga aylandi.

"Yapon bog‘i" ning markazida Buden (Choy Pavilyoni) joylashgan. Kirish joyida yovuz ruhlarni qo‘rqitish uchun qo‘ng‘iroq jarangieshitiladi. Choy marosimi yapon madaniyatining o‘ziga xos sirli taomilidir.

Uyga kirishdan oldin siz, albatta, milliy yapon barabanini aylantirishingiz kerak - yaponlar, bu harakatlar orqali xudolar bilan aloqada bo‘lishlariga ishonadi. Uy devorlariga milliy yapon liboslari osilgan.

Shuningdek, bog‘da "Seketei" deb ataluvchi ajoyib toshlar bog‘i bor. Bu bog‘ Olamning tuzilishi va uyg‘unligini aks ettiruvchi Tao falsafasi bilan uzviy bog‘liqdir.Har bir kompozitsiyada 15 ta tosh mavjud. Yapon madaniyatida mazkur miqdor to‘lin oy bilan bog‘liq.

Bog‘ shaharning markazida joylashganligi sababli, unga siz istalgan transportda – metro, avtobus, taksi yoki mashinada yetib olishingiz mumkin.



Botanika bog‘i

Botanika bog‘i

Akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i – eng yoshi ulug‘ va eng katta tabiiy bog‘lardan biri. Hozir botanika bog‘i O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simliklar va hayvonot olami genofondi institutiga qaraydi. Botanika bog‘i yil davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.

O‘zbekistonda birinchi botanika bog‘i 1920-yilda tashkil etilgan. U ko‘p yillar davomida ekzotik o‘simliklarning noyob kollektsiyasini to‘plagan rus olimi F.N.Rusanovning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bugungi kunda bog‘ hududi 66 gektarni egallaydi va u poytaxt shimolida, Toshkent hayvonot bog‘i yonida joylashgan. Bog‘ kollektsiyasida 6000 dan ortiq o‘simlik turlari va navlari bor, bular 170 ta ignabargli daraxtlar, 800 ga yaqin tropik va subtropik o‘simliklar, 2000 dan ortiq ko‘p yillik o‘tlar hisoblanadi. Shuningdek, Botanika bog‘i hududida sun’iy suv havzalari ham mavjud. Ekzotik qushlarning 30 dan ortiq turi yashaydi.

Botanika bog‘i yilning istalgan vaqtida go‘zal. Noyob mikroiqlimi tufayli bu yerda siz dunyoning besh qit’asi – Markaziy va Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa va Shimoliy Amerikaning florasidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Hozir esa bu yerda uy xo‘jaliklarida foydalanish mumkin bo‘lgan yangi turlar aniqlanmoqda, flora vakillarining yangi turlari yetishtirilmoqda. Dekorativ va mevali daraxtlar, har xil rezavor butalar, dorivor o‘simliklar o‘zbek botaniklari tomonidan o‘rganiladi. Ko‘kalamzorlashtirish uchun bu yerda yirik bargli jo‘ka, xitoy teraklari, lola daraxtlari, nodir eman ko‘chatlari; ko‘p yillik piyozboshli o‘simliklar – lolalar, giatsintlar, krokuslar; ildiz o‘simliklar – gulsafsar, pion, gibrid gibiskus yetishtiriladi.



G‘alaba bog‘i

G‘alaba bog‘i

2020-yil 9-may kuni Olmazor tumanida fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan "G‘alaba" yodgorlik bog‘i ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning 1,5 milliondan ortiq aholisi frontga jo‘nab ketgan. Shu bilan birga, mamlakat ittifoqdosh respublikalarning evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq aholisini o‘z bag‘riga olgan.

Mualliflar park ekspozitsiyalarini bir nechta mavzuli hududga ajratgan: urush dahshatlari hududi, front orti hududi, motam va qayg‘u hududi, uzoq kutilgan g‘alaba va minnatdorchilik hududi. Har bir hudud o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasini obrazli va raqamli tarzda so‘zlaydi.

Bog‘ning markaziy xiyobonida Stalingrad jangida beqiyos jasorat ko‘rsatgan ulkan qo‘shinni boshqargan general Sobir Rahimov boshchiligidagi urush qatnashchilari va qahramonlari haykali o‘rnatilgan.

Bog‘ hududida front chizig‘idagi hayot manzaralarini aks ettiruvchi noyob muzey joylashgan. Harbiy ofitserlarning manekenlari muzey devorlari ichida jonlangandek tuyuladi. Xandaqlar, blindajlar va dala oshxonasi, tibbiy punktlar, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar aks etgan kompozitsiyalar. O‘sha yillardagi harbiy qurollarning noyob ko‘rgazmasi taqdim etilgan. Bog‘ning ochiq hududida, ochiq havoda, harbiy texnika va qurollar ko‘rgazmasi joylashtirilgan.

O‘zbekiston ajdodlar jasoratini doim yodda saqlaydi va bu bilan faxrlanadi, G‘alaba bog‘i esa o‘sha yillar qahramonlari xotirasi va sharafining ramzidir.



Adiblar xiyoboni

Adiblar xiyoboni

Piyoda sayrlar uchun ajoyib joy. Bu yerda, daraxtlar va gulzorlar orasida, gavjum shahar markazida o‘ziga xos muhit shakllangan.

O‘zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy boshchiligidagi bronza haykallar 8 gektardan ortiq maydonni egallagan yagona me’moriy ansamblni tashkil qilgan.

Bog‘da Bobur, Muhammad Rizo Ogohiy, Furqat, Muqimiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Berdaq, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi yozuvchi va shoirlar, tanqidchilar va publitsistlar va boshqa ko‘plab adabiyot arboblarining haykallari o‘rnatilgan.

Yozuvchilar xiyoboni – ijodiy kechalar, she’riy chiqishlar, kitob taqdimotlari va ko‘rgazmalari o‘tkaziladigan joy. O‘zbek adabiyoti kundalik hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu yerdaistagan odam saytga kirib, o‘zbek adabiyoti asarlarini elektron formatda o‘qishi uchun kutubxona ochish va "Adiblar xiyoboni" internet-portalini ishga tushirish rejalashtirilgan.

"Adiblar xiyoboni" ga tashrif buyurib, sevimli kitobingizni mutolaa qilayotganingizda, qalbingiz va ongingiz bilan ajib hordiq olasiz.



Ekobog‘

Poytaxt markazidagi Mirzo Ulug‘bek tumanida noyob tabiiy dam olish maskani – Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy ekobog‘ mavjud.

Ekobog‘ – poytaxt aholisi va mehmonlarining sevimli dam olish maskani. U o‘z hududida joylashgan favvora, ko‘l, ko‘prik va "Muhabbat oroli" bilan kishilarni o‘ziga jalb qiladi. Yaqinlaringiz bilan yoqimli dam olish uchun hamma narsa – yugurish va velosiped yo‘llari, tomosha maydoni, bolalar maydoni, futbol, badminton, voleybol maydonlari va boshqalar mavjud.



Navro‘z etnografik bog‘i

Navro‘z etnografik bog‘i

Qiziqarli Navro‘z istirohat bog‘i kunduzi va oqshom, ish kunlari va dam olish kunlari tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Bu yerda siz butun O‘zbekistonni atigi 30 daqiqada ko‘rib olishga ulgurishingiz mumkin.

Uzoqdan 72 metrli qorday oppoq "Anhor yulduzi" tomosha charxpalagi ko‘rinadi. U bugungi kunda O‘zbekistondagi eng baland tomosha charxpalagi hisoblanadi. Kechasi diodli chiroqlar yorug‘ligi taratadigan barcha kamalak ranglar jilosi mehmonlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu g‘ayrioddiy joy sizni o‘zgacha ko‘rinishi va mavzuli ob’ektlari bilan xursand qiladi.

Bog‘ o‘z nomini bahor ayyomi – Navro‘z bayrami sharafiga olgan, lekin bog‘ning maqsadi – bu bahorgi teng kunlikni bir marta nishonlash emas, balki yil bo‘yi, poytaxtdagi eng go‘zal joylardan birida dam olishdir.

Bog‘da siz uzunligi 88 metr bo‘lgan cheksizlik shaklidagi spiral ko‘prikni, etnografik shaharchani ko‘rishingiz mumkin. Bu yerda Registon maydoni, Ark qal’asi, Oqsaroy saroyi ravog‘ining ustunlari va betakror Xudoyorxon saroyini miniatyurada ko‘rasiz. Maysazorda qushlar va hayvonlarning qiziqarli haykalchalari bor. Bog‘ markazi – "Navro‘z" guli ko‘rinishidagi sahna. Marmar polda O‘zbekiston xaritasi tasvirlangan, favvoralar aylana shaklida o‘rnatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi miniatyurasi hududida devorlari badiiy galereya bilan bezatilgan ko‘chalar va turar joylarning aniq nusxalari namoyish etilgan. Ichki bezaklar sizni haqiqiy o‘tmishga olib boradi.

Bog‘da muntazam ravishda milliy mahsulotlar, suvenirlar, to‘qimachilik mahsulotlari, rassomlarning asarlariga bag‘ishlangan yarmarkalar o‘tkaziladi.

Vaqt ushbu etnografik shaharchada sezilmasdan o‘tadi. O‘ziga xos me’morchiligi, o‘yma mebellari, javonlarga qo‘yilgan xalq amaliy san’atining ajoyib mahsulotlari bo‘lgan sopol devorlar, choyxonalar va ayvonlar. Bu qadimiy O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatining haqiqiy tadqiqotidir.



River Park

2020-yil may oyida Toshkentda “Damashi” kanalining sohili obodonlashtirildi. Bu yerda River Park ochildi. U mehmonlarni daraxtlarning ko‘pligi, jazirama issiqda o‘zining salqinligi, velosayrlar uchun yo‘laklar, jahonning diqqatga sazovor joylari – Big Ben, Pizan va Eyfel minoralarining maketlari bilan kishining e’tiborini tortadi. Tunda ko‘prik va kanalning o‘zi kamalakning turli ranglarida tovlanadi.

River Park – sohil go‘zalligidan bahra olish uchun ajoyib joy.



Toshkentlend

Toshkentlend

Eng birinchi va zamonaviy attraktsion bog‘lardan biri 90-yillar oxirida ochilgan, biroq hozirga qadar shaharliklar va poytaxt mehmonlari orasida katta muhabbat qozongan va ommabop hisoblanadi. Istirohat bog‘i Toshkent teleminorasi yaqinida "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar markazi hududida, akvapark va Yapon bog‘i yonida joylashgan.

"Toshkentlend" yilning faqat iliq davrida ochiq bo‘ladi. Odatda mavsum mart oyining oxirida ochilib, taxminan oktabr oyining oxirigacha davom etadi. Bahor-yoz mavsumida bog‘ har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha ochiq. Chipta narxini to‘lagan holda bog‘ hududida kun bo‘yi hordiq chiqarish, yoqib qolgan attraktsionda bo‘lish mumkin.



Anhor-Lokomotiv attraktsionlar bog‘i

Anhor-Lokomotiv attraktsionlar bog‘i

Attraktsionlar bog‘i – bolalikka sho‘ng‘ish uchun ajoyib imkoniyat. Bu yerda kattalar uchun ham, bolalar uchun ham turli ko‘ngilochar o‘yinlar topiladi. Har bir attraktsion katta bir sarguzashtdan iborat.

Kichkina mijozlar uchun mini-karusellar, batut markazi, suv havzasi mavjud. Kattalar uchun 12 ming m. kv. maydonda joylashgan karting taqdim etilgan. Shuningdek "asablarini qitiqlashni" yoqtiradiganlar uchun bir nechta ekstremal attraktsionlar ham bor.

Bundan tashqari, bog‘da "Anhor yulduzi" tomosha charxpalagi, "Ice Rink" konkida uchish maydoni, "Enter" o‘yin markazi, "5D" kinoteatr va "O‘zbekistonning yetti mo‘‘jizasi" ham taqdim etilgan. Bu yerda ko‘plab qahvaxonalar, yozgi teatr va musiqiy favvorani ham ko‘rish mumkin.



Toshkent – hozirgi diqqatga sazovor joylar
Toshkent – muzeylar va teatrlar
Toshkent – tarixiy yodgorliklar
Toshkent – masjidlar, ibodatxonalar
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi
Buxoro – qadimiy va boqiy
Xiva – o‘tmishga ochilgan vaqt darvozasi
Xorazm – ming qal'adan iborat mamlakat

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!