Toshkent – tarixiy yodgorliklar


Osiyo

Toshkent – tarixiy yodgorliklar


Shayxontohur ansambli

Shayxontohur ansambli

Shayxontohur ansamblining hududi Abdulla Qodiriy va Alisher Navoiy ko‘chalarining oralig‘ida joylashgan. Ansambl uchta maqbaradan tashkil topgan: Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Qaldirg‘ochbiy maqbarasi va Yunusxon maqbarasi.

Shayxontohur XIII asr oxirida Bog‘uston tog‘ qishlog‘ida (hozir bu yerda Chorvoq suv ombori joylashgan) xo‘jalar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi shayx Umar Ikkinchi xalif Umarning avlodi bo‘lgan. Xalq shayx Umar mo‘jizalar yaratishiga va tabiat hodisalarini boshqara olishiga ishongan. Ushbu oliy ne’mat uning o‘g‘liga o‘tgan deyishgan. Yosh Shayxontohur so‘fiylik ta’limotini o‘rgangan. Biograflarning so‘zlariga ko‘ra, toshkentlik so‘fiyni ayniqsa bir haqiqat hayratga solgan: "Fanlardagi oliy ma’naviy sifatlar va bilimlarjohillarning qo‘polligiga nisbatan dono odamning sabr-toqati va beozorligiga to‘g‘ri mutanosib".

Shayx Toshkentda yashab va’zxonlik qilgan va 1355-1360 yillar oralig‘ida vafot etgan. Rivoyatlarga ko‘ra uning qabri ustidagi maqbara Amir Temurning tashabbusi bilan barpo etilgan. Bu ikki xonali uncha baland bo‘lmagan qurilma bo‘lib, tepasi turli balandlikdagi ikkita gumbaz bilan yopilgan.

Bino hozirgi ko‘rinishiga ko‘p sonli tiklash ishlari va XIX asr boshidagi qayta qurishlar natijasiga ega bo‘lgan. Uning ichida katta gumbaz ostida uchta dahma, kichik gumbaz ostida esa ikkita dahma bor. Maqbarada 48 ta sarv daraxtidan (Aleksandr Makedonskiy tomonidan ekilgan) bittasi – Iskandarning sarvi saqlanib qolgan. Toshga aylangan ushbu ignabarglidaraxt maqbaraning ichida bevosita Shayxning ulug‘vor dahmasi yonida joylashgan.

Aytish joizki, ko‘plab buyuk toshkentliklar, shu jumladan Temuriylar davrining mashhur va’zxoni Ubaydulla Xo‘ja Ahror (1404-1490 yy.) va XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkentning mustaqil hokimi bo‘lgan Yunusxo‘ja ham Shayxontohurlar avlodiga mansub.

Shayxontohur maqbarasining yonida bizning kunlargacha yana bir maqbara saqlanib qolgan. Bu Qaldirg‘oyabiy mozori. Ushbu XV asr me’morchilik san’ati yodgorligi o‘zining piramida shaklidagi gumbazi bilan majmuadagi boshqa qurilmalardan ajralib turadi va qozoq dashtlarining mozorlarini eslatadi. haqiqatdan ham, ushbu maqbara gumbazlari ostida mashhur davlat arbobi To‘labiyning (qozoq) xoki ko‘milgan. To‘labiy toshkentliklar bilan birga O‘rta Osiyo yerlaridan jangar-qalmiq bosqinchisini quvishga muvaffaq bo‘lgan. To‘labiy keyinchalik Toshkent davlatining mustaqil hokimiga aylangan shayxontohur hokimi Yunusxo‘jani o‘zining Toshkentdagi ishonchli vakili etib tayinlagan.

XV asrga mansub majmuadagi yana bir saqlanib qolgan maqbara – bu buyuk Boburning bobosi Yunusxon maqbarasidir. Ushbu bino ko‘p marta restravratsiya qilingan. Bu xonaqoning noyob turi hisoblanadi, u T-simon shaklda bo‘lib, fasad yuqorisi bo‘ylab baland ravoqqa ega.



Suzuk-ota majmuasi

Suzuk-ota majmuasi

Ushbu arxitektura majmuasi barcha hunarmandlarning oliyjanob ustozi Suzuk-otaga bag‘ishlangan.

Tug‘ilganida Mustafoqul ismi berilgan Suzuk-ota-yilda Turkistonda Qorachuk qishlog‘ida dunyoga kelgan. U Ahmad Yassaviyning yagona qizining kichik o‘g‘li bo‘lgan.Bobosi kichkina nevarasini tizzalarida o‘ynatar ekan: "Mening azizim, suzugim, xush kelibsiz!" – der ekan. Shu bois atrofdagilar uni Suzuk bola deb chaqirishgan.

Bu inson butun shaharda va hatto undan tashqarida ham o‘zining iste'dodi, xalqni birlashtira olishi, himmatli ishlari bilan shuhrat qozonadi va bu bilan mahalliy aholi orasida katta hurmat qozonadi.

U voyaga yetganidan keyin kimsasiz, tepalik va tashlandiq joyda yashay boshlaydi va uni obodonlashtirishga tushadi. Suzuk ota o‘zining kichik vatanidan Qur’on va'zxonlarini, hunarmand ustalarni, yaqinlari va do‘stlarini taklif qiladi, uylar quradi, hammaga boshpana beradi, keng xalq orasida fan va hunarlarni joriy etadi. Shuningdek u yoshlarni dehqonchilikka, hunarlarga va boshqa kasblarga o‘rgatadi. Suzuk ota yuzlab ustalar va hunarmandlarning ustozi hisoblangan. Hamma hurmat qiladigan ustoz 1217-yilda vafot etadi. Uning mahallasi esa "ustalar mahallasi" nomi bilan mashhur bo‘ladi.

Amir Temur hukmronligi davrida 1392-yilda barpo etilgan majmua masjid va maqbaradan iborat. 2019-yili ushbu inshoot rekonstruksiya qilindi. Maqbara va masjid qayta tiklandi, maydoni qarib 8 ga bo‘lgan hudud obodonlashtirildi. Majmua binolaridan birida muzey, kutubxona va fuqarolar yig‘ini joylashgan. Majmuaning ikki tomoni bo‘ylab hunarmandlar uchun 30 ta ikki qavatli kottej barpo etilgan. Kottejlarning birinchi qavatida ustaxonalar va do‘konlar ochiladi.



Hazrati Imom majmuasi

Hazrati Imom majmuasi

Hazrati Imomansambli (xalq orasida Xast-Imom nomi bilan taniqli) diniy yodgorliklardan biri hisoblanadi. U 1966-yilgi kuchli zilzilani boshidan kechirgan eski shahar ichkarisidagi maydonda joylashgan. Majmua Toshkentning birinchi imomi – olim va din arbobi Qaffol ash-Shoshiy dafn etilgan joy yaqinida qurilgan.

Majmua Tilla-Shayx masjidi, Abu Bakr Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi va Imom al-Buxoriy nomidagi Islom institutidan tashkil topgan.

Bu yerda tashrif buyuruvchilar uchun kutubxona ochilgan, unda ko‘p sonli sharq qo‘lyozma adabiyoti namunalari to‘plangan. Shuningdek, bu yerda alohida uchinchi xalifa Usmon Qur’oni ham saqlanadi. U VII asrda yozilgan bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar bo‘ylab ancha "sayohat" qilgan. Ushbu qadimiy muqaddas kitob yetarlicha katta o‘lchamga ega, u 353 pergament varag‘ini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonga kitob Amir Temur davrida kelib qolgan.

Xast-Imom majmuasi ayniqsa tunda, hududni fonuslar yoritib turgan va sharq ertagi illyuziyasi yuzaga keladigan paytda go‘zal.



Baroqxon madrasasi

Baroqxon madrasasi

XVI asrda islom maktabi sifatida qurilgan Baroqxon madrasasi Navro‘z Ahmadxon (Mirzo Ulug‘bekning nevarasi) tashabbusi bilan barpo etilgan. Xalq orasida uni Baroqxon, ya’ni "omadli" deb atashgan.

Madrasa hududida bir nechta maqbara joylashgan.

Ulardan biri Shayboniyxonlar dinastiyasiga mansub Toshkentning birinchi hukmdori Suyunchxo‘jaxonga tegishli. Ikkinchi maqbara esa keyinchalik qabri Samarqandga ko‘chirilgan Baroqxon qabri ustidan barpo etilgan.



Muyi Muborak madrasasi

Muyi Muborak madrasasi

Muyi Muborak madrasasi Hazrat-Imom tarixiy-diniy majmuasining qadimiy inshootlaridan biri hisoblanadi.

Madrasa binosi XVI asrga mansub. Keyinchalik u bir necha marta qayta qurilgan. Bir paytlar bu yerda darvishlarning g‘aribxonasi joylashgan. 1857-yilda esa birinchi kutubxona tashkil qilingan bo‘lib, keyinchalik u islom olamining boy kitoblar to‘plamidan biriga aylangan.

2008-yilda madrasa binosi yonida yangi kutubxona binosi qurildi va kitob fondining bir qismi maxsus ajratilgan xonaga o‘tdi. Bu 20 mingta kitob. Ularning orasida 3 mingga yaqin qo‘lyozma, 10 mingta litografiya, noyob xattotlik namunalari va Qur’onning 30 dan ortiq tilga tarjimalari bor.

Mashhur xalifa Usmon Qur’oni asosiy boylik hisoblanadi, u dunyodagi eng qadimiy va dunyo ahamiyatiga ega yodgorlik hisoblanadi. Qadimgi qo‘lyozma 644-648 yillarga mansub. Qur’onning og‘irligi 35 kilogrammga yaqin bo‘lib, 353 ta sahifadan iborat.O‘z tarixining uzoq asrlari davomida u ko‘plab sinovlarga uchragan: yuzlab yillar davomida Madina, Damashq va Bag‘dod xalifalarining xazinasida saqlangan, mintaqaning u yoki bu nuqtasida yana paydo bo‘lish uchun olimlar va din arboblarining nazaridan bir necha marta yo‘qolgan va hatto Sankt-Peterburg va Ufada bo‘lgan. 1997-yilda Usmon Qur’oni tarixiy deb e'lon qilindi.

Rivoyatlarga ko‘ra, madrasada musulmonlarning muqaddas yodgorligi hisoblangan payg‘ambar Muhammadning boshidan olingan soch ham saqlanadi. Aynan shu bois madrasaga "Muyi Muborak" nomi berilgan, tarjimada u "payg‘ambarning sochi"ni anglatadi.



Ko‘kaldosh madrasasi

Ko‘kaldosh madrasasi

"Chorsu" maydoni hududida islom yodgorliklarining eng yirishi Ko‘kaldosh madrasasi joylashgan. Ushbu madrasa allaqachon poytaxtning eski qismining ramziga aylangan. X asrda bu yerda uchta shahar darvozasining bittasi bo‘lgan.

Madrasa XVI asrda Shayboniyxonlar davrida barpo etilgan. Qurilishga "ko‘kaldosh" (turkchadan tarjimada "tug‘ishgan uka", madrasaning g‘aroyib nomi ham shundan) laqabli bosh vazir boshchilik qilgan. U Toshkent hukmdorlari Baroqhon va Darvishxonning yaqinlaridan bo‘lgan.

Madrasa faoliyati bilan ko‘plab afsonalarni bog‘lashadi. Shu yerlik oqsoqollaravvallari madrasa hududida ochiq qatllar o‘tkazilgan. Xiyonatkor xotinlarning ta'zirini berish va mahalliy aholini uyaltirish uchun eng baland minoradan tashlashgan. Boshqa afsonaga ko‘ra, bir paytlar bu yerda katta xandon pista o‘sgan, u muqaddas hisoblangan, chunki madrasa gumbazlaridan birida o‘sib chiqqan.

Madrasaning ichki devorlaridan birida quyidagi yozuv bor: "O‘lim muqarrar, ammo inson tomonidan qilingan ishlar abadiy qoladi".

Bugun Ko‘kaldosh madrasasi – poytaxtning eng yirik arxitektura yodgorliklaridan biri. Pishiq g‘ishtdan qad ko‘targan baland bino musulmon diniy muassasalari tamoyili bo‘yicha qurilgan: namoz xonalari va mashg‘ulotlar uchun xonalar bilan o‘ralgan katta ichki hovli. Old tomoni balandligi qariyb 20 m bo‘lgan kirish portali (peshtoq) iblan taqdim etilgan. Bu yerda an’anaviy burchak minoralariga ega ikki yarusli o‘ymakor naqshli balkonchalar joylashgan. Bino derazalarida quyoshdan himoya qiluvchi panjaralardan foydalanilgan, ularda Olloh va Muhammad payg‘ambarning nomlari o‘yib bitilgan.

O‘zining butun tarixi davomida madrasa binosi ko‘plab voqealarning guvohi bo‘lgan. U bir necha marta vayron bo‘lgan. Shuningdek, bir paytlar bu yerda karvon-saroy ham joylashgan. XIX asrda by bino Qo‘qon xonlarining qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan. Shu yerdan to‘plar yordamida Toshkent qo‘zg‘olonchilarini otishgan.

Toshkentlik ustalarning kuchi bilan Ko‘kaldosh madrasasi to‘liq restavratsiya qilindi va unga diniy muassasa maqomi qaytarildi. Bu yerda bugun ham musulmonlarni namozga chorlovchi so‘filarning azonini eshitish mumkin, turli diniy marosimlar o‘tkaziladi, hujralarda esa toliblar uchun mashg‘ulotlar olib boriladi.



Qadimiy Oqtepa shahrining vayronalari

Qadimiy Oqtepa shahrining vayronalari

Shahar markazida, Yunusobod tumanida qadimgi arxeologik yodgorlik – qadimiy Oqtepa shahrining vayronalari joylashgan.

Bunday uncha katta bo‘lmagan tepalik g‘aroyib va maftunkor bo‘lib tuyuladi. Bu shunchaki tepalik emas, balki arablargacha bo‘lgan davrga mansub katta saroyning mustahkamlangan qo‘rg‘oni. U taxminan Choch tudunining yozgi qarorgohi bo‘lgan. Bu saroyda Choch davlatining hukmdorlariga bo‘ysungan turkiy vakillarning bir nechta avlodi yashagan. Qazilma ma’lumotlarga ko‘ra, saroy eramizning V asrida qadimiy platformadan foydalangan holda tepalikdaxom g‘isht (paxsa)dan barpo etilgan.

Arxeologik yodgorlikning umumiy maydoni qariyb 100 ni tashkil qiladi. Shaharning janubiy qismida balandligi 22-28 m bo‘lgan tik qoyali baland tepalik ko‘rinishidagi qal’a vayronalari joylashgan bo‘lib, unga mustahkamlanmagan qishloq tutashib ketgan.

O‘lchami 86x180 m bo‘lgan saroy shimoldan janubga yo‘nalish olgan va qishloqdan sezilarli chuqurlikdagi jarlik bilan ajratilgan, ushbu jarlik qal’a xandag‘i vazifasini bajargan. U keng zinapoyali ikki qavatli binodan tashkil topgan. Birinchi qavat 80x80 m o‘lchamga, ikkinchi qavat esa 50x80 m o‘lchamga ega bo‘lgan. Ikkala qavat ichki tomonidan kengligi 2 m, balandligi 2,3 m bo‘lgan uzun koridor-galereya halqasi bilan bog‘langan. Yuqori koridor burchaklari bo‘ylab xonalarga ega dumaloq gumbaz minoralari joylashgan. Binoning ichki qismi gumbazsimon tomga ega uzun va tor xonalardan tashkil topgan, ular bir-biri bilan koridorlar tizimi bilan bog‘langan.

VII asrning birinchi choragida qo‘rg‘on qayta qurilgan. Tor xonalar tuproq bilan mustahkamlangan va bu bilan binoni mustahkam asosga aylantirgan, uning ustida esa yangi qurilmalar barpo etilgan. To‘rtta burchakdagi minoralar mustahkamlangan, qo‘rg‘onning janubi-g‘arbiy qismida esa maydoni 22x22 m bo‘lgan qasr barpo etilgan. U minoraga ega ko‘p yarusli piramida shakliga va to‘rtta mudofaa yaruslariga ega bo‘lgan. Qurilmaning saqlangan qismiga qaraladigan bo‘lsa, u ham ikki qavatli bo‘lgan. Uning pastki qavati ravoqli xonalar bilan bandbo‘lgan, yuqori qavatda esa uning egasi yashagan.

Saroyning shimoliy qismida ibodatxona majmuasini tashkil qilgan 10 ta xona topilgan. Shu tarzda gumbazli maqbara atrofida asta-sekin diniy inshootlar shakllangan. Unga ikki xonali dargoh tutashgan, ushbu xonalardan birida olov mehrobi bo‘lgan, ikkinchisi esa marosimlar zali bo‘lib xizmat qilgan. Alohida xonalarda xotira qurbonliklari amalga oshirilgan va u yerda kohin yashagan.

Qal'aning sharqiy qismida xo‘jalik ishlariga mo‘ljallangan 9 ta cho‘zinchoq ikki qavatli bino joylashgan. Birinchi qavat asosan omborxona bo‘lib xizmat qilgan. Bu yerda oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari saqlangan. Ikkinchi qavatda xizmatkorlar va posbonlar bo‘limi yashagan. bundan tashqari xo‘jalik hovlisidagi alohida xona musallas tayyorlashga ajratilgan.

Avvallari vayronalar atrofida hech qanday to‘siq va lavhalar bo‘lmagan. U yerga mutlaqo hamma kirishi mumkin bo‘lgan. Oxirgi bir necha yil ichida vayronalar to‘sib qo‘yildi, kirish joyining oldiga esa axborot beruvchi lavha o‘rnatildi.



Qadimiy Ming O‘rik muzey-shahri

Qadimiy Ming O‘rik muzey-shahri

Markaziy ko‘chalardan birida Ming O‘rik nomini olgan noyob tepalik joylashgan.

Ushbu tepalik turk hoqonligining oaytaxti Chochni muhofaza qilgan qadimiy qal'a vayronalari hisoblanadi. Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, shahar eramizning I asri boshida Markaziy Osiyoni arablar istilo qilishidan oldin mavjud bo‘lgan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, majmua turk hukmdorlarining qadimiy qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan. Xonalar va qurilmalarning tuzilishi bu yerda olov uchun ochiq mehroblarga ega qadimgi majusiy ibodatxonalar joylashgan.

Qadimiy hoqonlikning poytaxti eramizning IV asrigacha mavjud bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, hozirgi Toshkent hududi Kangyuy davlatining tarkibiga kirgan. Kangyuy davlati parokanda bo‘lganidan keyin IV asr boshida bu yerlar mustaqil davlatga aylangan.

Nodir Ming O‘rik, Kanka, Shoshtepa qadimiy shaharlari – mazkur hududning shaharga aylanish tarixi qanday kechganiga yorqin dalildir. Bugun qadimiy Ming O‘rik shahri va uning hududida joylashgan muzey davlat muhofazasida bo‘lib, Toshkent tarixini o‘rganish ob'ektlari hisoblanadi.



Toshkent – hozirgi diqqatga sazovor joylar
Toshkent – muzeylar va teatrlar
Toshkent – masjidlar, ibodatxonalar
Toshkent istirohat bog‘lari, xiyobonlari, bog‘lari
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi
Buxoro – qadimiy va boqiy
Xiva – o‘tmishga ochilgan vaqt darvozasi
Xorazm – ming qal'adan iborat mamlakat

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!