Buxoro – qadimiy va boqiy


Osiyo

Buxoro – qadimiy va boqiy


Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan muqaddas shahar Buxoroga qadim zamonlarda tamal toshi qo‘yilgan, o‘t qo‘yilgan va yana qaytadan qad rostlagan. Qadimiy va boqiy Buxoro o‘zining go‘zalligi va hashamatini hech qachon yo‘qotmagan. Ularning barchasi shaharning diqqatga sazovor joylarida aks etadi.

* * *

Ko‘hna Paykent shahri

Ko‘hna Paykent shahri

Paykent eramizdan avvalgi IV-II asrlarda shakllangan. U "savdogarlar shahri" deb nomlangan. Uning na hukmdori, na egasi bo‘lgan. Keyinchalik shimoli-sharqiy burchakda to‘rtburchak qal’a quriladi. 706-yilda shahar arablar tomonidan bosib olingan. Bosqinchilar umumiy og‘irligi 150 ming oltin misqol bo‘lgan ko‘plab oltin va kumush idishlar, og‘irligi 4 ming dirham bo‘lgan kumush butdan iborat boy o‘ljani qo‘lga kiritishadi.

VIII asr oxiri va IX asr boshlarida qal’a devorlari tashqarisida hunarmandchilik maskanlari va dini uchun kurashuvchilarning harbiy lagerlari (rabotlar) paydo bo‘ladi. IX asrdan boshlab, Paykent islom markazlaridan biriga aylanadi. Somoniylar sulolasi hukmronligi davrida bu yerda muhim qurilish ishlari olib borilgan. Paykentda katta jome masjidi qurilgan.

XI asr boshlarida shahar hayoti to‘xtab qoladi, bunga suv yetishmasligi sabab bo‘lgan degan taxminmavjud. XII asrda Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Zarafshondan alohida kanal tashkil etishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘radi. Katta kuch va mablag‘ sarflanadi, ko‘p odamlar qurbon bo‘ladi, lekin loyiha muvaffaqiyat qozonmaydi. XV asrgacha bu hududda hali ham aholi qisman istiqomat qilgan, biroq oxir-oqibat shahar tark etilgan.



Ark qal'asi

Ark qal’asi

Qariyb 20 metr balandlikdagi va 4 gektar maydonni egallagan mahobatli qal'a. Bu Buxorodagi eng qadimiy me'moriy va arxeologik yodgorlik hisoblanadi.

Afsonaga ko‘ra, yosh yigit Siyovush Afrosiyob hukmdorining qiziga uylanmoqchi bo‘lgan. Bu taklifga shoh, agar yigit buqaning terisi ustida qal’a qurishga qodir bo‘lsa, suyukli qizimni unga beraman deb javob qiladi. Yigit rozi bo‘ladi. U teridan gilam yasaydi, uning ustiga hayratlanarli darajada ajoyib qal'a quradi.

Ark qal'asi qurilishining aniq sanasi noma'lum. I-ming yillikda u yerda shaharning e’tiborli zotlari yashagan. Qal'a har doim Buxoro hukmdorlarini ishonchli himoya qilib kelgan. Shohlardan tashqari, bu yerda Osiyoning ilm-fan va madaniyat arboblaridan Abu Ali ibn Sino va Umar Xayyomning uyi ham bor edi.

Endi bu muzey-qo‘riqxona hisoblanadi. Unda 70 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Bizning kunlargacha taxt xonasi, hammom, 2 ta masjid, bosh vazir va qabullar saroyi, otxona va xonaqoh saqlanib qolgan.



Buxoroning 7 muqaddas joyi

Buxoro-Naqshbandiya birodarligi yettita buyuk so‘fiylarining vatani. Bu yerda tasavvufning buyuk vakillari yashab, diniy va ijtimoiy hayot kechirgan, Buxoroi sharifning shakllanishi va gullab-yashnashiga, ma’naviyatning tarbiyalanishiga, hissiy ruhning ko‘tarilishiga hissa qo‘shgan. Bu yerda so‘fiylarning avliyolari-pirlar dafn etilgan musulmonlar uchun muqaddas joylar saqlanib qolgan.

Buxoroning 7 muqaddas joyi

Xoja Abdulhakim al-G‘ijduvoniy maqbarasi

Xoja Abdulxoliq al-G‘ijduvoniy murshid (ma’naviy ustoz) bo‘lib, Naqshbandiya ta’limotigatamal toshi qo‘ygan.

Uning hayoti davomida maqbara chillaxona bo‘lib, odamlar qirq kunlik issiqda namoz o‘qish uchun kelishgan. Keyin namozgoh tabarruk ziyorat joyiga aylanadi. Ziyoratchilarning ko‘pchiligi muborak safarlarini shu maqbarani ziyorat qilishdan boshlashadi. Yaqin o‘tmishda ziyoratgoh kimsasiz bo‘lib qolgandi. Hozir esa maqbara Qadimgi Sharqning bir qismi sifatida, zamin va osmon o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida mujassam qiladi.

Xoja Muhammad Obid al-Revgariy

Xoja Orif Revgariy ibn Ismoil (1165–1262) Revgar qishlog‘ida tug‘ilgan. U buyuk Abdulxoliq G‘ijduvoniyning shogirdi edi. Buyuk ustoz vafotidan so‘ng, u ruhiy ustoz bo‘lishga ruxsat oladi. U umrining oxirigacha diniy faoliyat bilan shug‘ullangan.

Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi

Buyuk so‘fiy, ruhiy ustoz qabristoni. U Vobkent shahri yaqinida tug‘ilgan. O‘z faoliyat boshida ustachilik va duradgorlik bilan shug‘ullangan. Talabalik yo‘lini bosib o‘tib, murshid darajasiga yetadi. Mahmud Anjir Fag‘naviy "uxlab yotganlar uyg‘onishi kerak" deya hisoblab, zikrni birinchi bo‘lib baland ovozda aytishni boshlab bergan.

Xoja Ali Romitoniy yodgorlik majmuasi

Xo‘jagan so‘fiylik maktabining mashhur ma’naviy ustozi dafn etilgan joy. Odamlar so‘fiyni "Azizxon" (hurmatli shayx) deb atashgan.

XII asr oxirida Romiton shahrida tug‘ilgan.U to‘quvchilik bilan shug‘ullangan va Mahmud Fag‘naviyning shogirdi bo‘lgan. U imkonsiz narsaga ya’ni mo‘g‘ullarni islomiy e'tiqodga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi. Romitaniy tarqoq yerlarni tiklashga yordam beradi, tabiblik bilan shug‘ullanadi. O‘zining uzoq va taqvodor hayoti davomida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, ularning orasida o‘g‘illari ham bor edi. U kenja o‘g‘li Xo‘ja Ibrohim o‘zining ta’limotini davom ettirishini vasiyat qiladi.

Xoja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi

Xoja Ali Romitoniyning izdoshi, mashhur so‘fiyning dafn qilingan joyi. Xoja Samosiy (1259–1354) tasavvuf taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi, buyuk shaxs Bahouddin Muhammad Naqshbandiy tug‘ilishini va uning tasavvuf taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini bashorat qildi.

U tasavvuf va ma'rifatning eng buyuk farzandi tug‘ilishini va uning tug‘ilgan joyini "Ma'rifatchilar qishlog‘i" deb nomlanishini aytdi. Ustoz 95 yoshida vafot etdi. U dafn qilingan muqaddas joyda bu buyuk inson o‘z ta'limoti bilan mujassam eta olgan maqbara, masjid, quduq va go‘zal bog‘ barpo etilgan.

Xoja Said Amir Kulol Buxoriy yodgorlik majmuasi

Hanafiy olim-ilohiyotchi, so‘fiy murshid, pir, ruhiy ustoz Bahouddin Naqshbandiy dafn etilgan joy. Hayoti davomida u "Kalon" (Buyuk) laqabiga ega edi.

Said Amir Kulol (1287–1370) Suxar degan joyda kulollar sulolasiga mansub oilada tug‘ilgan va butun umri shu hunar bilan professional shug‘ullangan. U mashhur iste’dodli kulol edi va buyuk ustoz maqomini olishdan ancha oldin mashhur bo‘lib ketdi. U ruhiy nufuzga ega bo‘lib, yuzdan ortiq izdoshlari bor edi. U Naqshbandiyni tasavvuf asoslari, zikrlarni to‘g‘ri o‘qish va Xojagon sirli yo‘lining an’analari bilan tanishtirdi.

Bahouddin Naqshbandiy majmuasi (XVI asr)

Bahouddin Naqshbandiyning noyob yodgorlik majmuasi 5 asr mobaynida tiklangan va islom izdoshlari uchun diniy ziyoratgohga aylangan.

Hovli markazida shayxning qabri bor. 1544-yilda Abdalazizxon Bahouddin dafn qilinadigan joyni to‘rtburchaklar shaklidagi marmar toshdan barpo qilingan, yuqorisida marmardan yasalgan panjara o‘yib ishlangan dahma shaklidagi qiyofaga keltiradi. Keng xonaqoh amir tashabbusi bilan qurilgan. XVIII asr boshlarida majmuaga minora va ikkita masjid erkaklar va ayollar masjidi qo‘shilgan. Muzaffarxon (1860–1885 yillarda hukmronlik qilgan) boshqa masjid qurishni buyurdi, u hozir uning nomi bilan ataladi.

Sovet Ittifoqi yillarida nekropol vayronaga aylandi. 1993-yilda mashhur so‘fiyning 675 yilligi munosabati bilan majmuada restavratsiya ishlari olib borildi. Yodgorlik 2003-yilda kengaytirilgan. Gumbazli kirish binosi O‘rta Osiyo diniy binolari uchun an’anaviy uslubda qurilgan. Yodgorlik yonidagi qabriston qayta tiklandi, bu yerda qadimiy O‘zbekistonning hukmron sulolalari vakillari dafn etilgan.

Bu majmua nafaqat diniy islom ziyoratgohiga, balki Buxoroning ko‘plab mehmonlari tashrif buyuradigan sayyohlik maskaniga aylandi.



Mog‘aki Attor masjidi

Mog‘aki Attor masjidi

O‘rta asr me'morchiligining saqlanib qolgan eng qadimiy yodgorligi.

Bu joyda zardushtiylar tomonidan I ming yillikda Olov Ibodatxonasi va bozor qurilgan bo‘lib, u yerda zardushtiylik butlari, dorivor o‘tlar va ziravorlar bilan savdo qilingan. 714-yilda qurilgan masjid arab shayxi, Markaziy Osiyo hududiga islomni olib kelgan birinchi odamlardan biri Qutayba ibn Muslim nomi bilan bog‘liq. Masjid nomi bir necha bor o‘zgartirilgan. IX-XIII asr boshlarida Moh (Oy) deb nomlangan; XVI asrda – Mog‘aki yoki Mog‘aki Attor (attorlar chuqurligi); XVII asrda u Mog‘aki ko‘hna (Eski Mog‘ak) deb o‘zgartirildi.

Odatda binoga olib boradigan zinapoyalar yuqoriga ko‘tariladi. Ammo Buxoroda yodgorliklarda buning aksi kuzatiladi – zinapoyalar pastga tushadi. Vaqt zinalari orqali tarix qa’riga kirib boriladi. Yodgorlik qanchalik eski bo‘lsa, uning atrofidagi madaniy qatlamlar shunchalik kuchli bo‘ladi. XXI asrdanXII asrgacha bo‘lgan farq Mog‘aki Attor masjidiga yaqinlashganda seziladi. U yer sathidan 4,5 metrdan pastda joylashgan.

IX–XI asrlarda bu joyda ikkita muhtasham bino bor edi. Pastki masjid 937-yildagi katta yong‘in paytida yonib ketgan va uzoq vaqt xarobaga aylangan. XII asrning ikkinchi yarmida uning o‘rniga yangi bino quriladi. U asta-sekin nuray boshlaydi. XV asrda janubiy portalning ravog‘i qulab tushadi. XVI asrning birinchi yarmiga kelib, masjid shu qadar yerga cho‘kib ketadiki, 15401550 yillarda shaharning bu qismini kapital rekonstruktsiya qilish paytida uni hatto uni buzmoqchi bo‘lishgan.

XX asrning boshlariga kelib, masjid deyarli tomigacha tuproq bilan qoplangan edi, faqat XVI asrning yarim vayrona gumbazlari va portalining bir qismi qad rostlab turardi. 1930-yillarda bu yerda muhim arxeologik tadqiqotlar va restavratsiya ishlari olib borildi, X asrga tegishli o‘yma bezaklar qoldiqlari va poydevorlar topildi. Tuproq qatlami ostida noyob ko‘k bezakli va o‘ymakor mayolikali masjidning janubiy portali ochildi. Portalning yon tomonlaridagi qo‘shqavat chorak ustunlar islomgacha bo‘lgan davrning aks-sadosi hisoblanadi, nafis bezak ko‘rinishidagi bejirim kompozitsiyalar bilan oro berilgan beshta ganch plitalarining bezaklari esa islomning qudrati va buyukligi haqida gapiradi.

1991-yildan boshlab Mog‘aki Attorda Gilamlar muzeyining ekspozitsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.



Somoniylar maqbarasi

Somoniylar maqbarasi

Somoniylar maqbarasi IX-X asrlarda davlat asoschisi Ismoil tomonidan otasining qabri ustiga tiklangan. Natijada, u sulolaning oilaviy daxmasiga aylandi. Bu O‘rta Sharqdagi eng qadimiy islom me’moriy yodgorligi.

U zardushtiylik ibodatxonasi – yarim shar shaklida gumbaz bilan qoplangan kub shaklida qurilgan. Qabr pishiq g‘ishtdan qilingan. Devorning 1,8 m gacha qalinligi binoni vayronagarchilikdan himoya qilgan. Uning fasadi yo‘q va daxmaning hamma tomonlari bir xil. Maqbara tepasida 40 ta deraza tuynuklari bo‘lgan ikki tomoni ochiq galereya joylashgan.

Bino kunning vaqtiga qarab beshta tusda tovlanadi. Mazkur badiiy effektga kombinatsiyalangan tosh terish yordamida erishilgan. Jahon me'morchiligining hech bir yodgorligida bunday bezak yo‘q. Quyosh nuri tushishiga qarab, maqbara devoridagi rasmlar o‘z naqshlarini o‘zgartiradi.

Afsonaga ko‘ra, yodgorlik Chingizxon tomonidan buzilmagan, chunki u maqbara atrofidagi katta qabriston tufayli uni sezmagan.



Chor Bakr nekropoli

Chor Bakr nekropoli

Chor-Bakr nekropoli juda katta me'moriy majmua. U shahar atrofidagi qabriston bo‘lib, bu yerda Jo‘ybar sayyidlari urug‘idan bo‘lgan shayxlarning daxmalari joylashgan. Nekropol maqbaralar va sag‘analardan iborat. Nekropol markazida masjid, xonaqoh va madrasa joylashgan.

Nekropolning qurilishi Somoniylar davrida, Jo‘ybar sayyidlari Buxorodagi muhim davlat lavozimlarini egallagan paytdan boshlangan. Nekropolning eng qadimiy qismi – bu "payg‘ambar avlodi" hisoblangan va Jo‘ybar shayxlari rahbarining ajdodi, ya'ni butun Jo‘ybar sayyidlar sulolasining asoschisi hisoblangan Abu Bakr Sad dafn qilingan joy. Qolgan asosiy binolar XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida qurilgan.

Nekropolning "Chor-Bakr" degan nomi "To‘rt aka-uka" degan ma’noni anglatadi, lekin aslida "O‘liklar shahri" nomi bilan mashhur. Unda ko‘chalar, hovlilar, darvozalar bor, lekin uylar o‘rniga hamma joyda oilaviy dahmalar va qabr toshlari bor.

Ziyoratchilarning, agar nekropolga bir marta tashrif buyurilganda, Bakrlarning to‘rtta qabrini tavof qilinsa, qilingan tilak albatta amalga oshishiga ishonadilar.



Poyi Kalon me'moriy majmui

Majmua Ark qal'asi yaqinida qurilgan bo‘lib, XII-XVI asrlarda qurilgan uchta inshootdan iborat: Kalon minorasi, Kalon masjidi va Miri Arab madrasasi. "Poyi Kalon" tantanavor Registon maydonida joylashgan va Buxoroning markaziy me'moriy ansambli hisoblanadi.

Poyi Kalon me’moriy majmui

Kalon minorasi

Kalon minorasi yoki Katta Buxoro minorasi – bu maydonning eng qadimiy binosi. XII asrda Arslonxon shaharning ulug‘vor qayta tashkil etilishini o‘ylab topdi: u shahar saroyini buzib tashladi, o‘sha paytgacha vayronaga aylangan qal’ani qayta quradi va shahar minorali masjidini ko‘chiradi. Minora chiroyli qilingan, lekin mustahkam bo‘lib chiqmadi. Qurilish tugagandan ko‘p o‘tmay, u yiqilib, masjidning uchdan ikki qismini vayron qiladi. Yangi masjid va Kalon minorasi 1127-yilda qurilgan. 900 yil davomida u hech qachon ta'mirlanmagan, lekin u shu kungacha saqlanib qolgan. Uning balandligi 46,5 metr, poydevorining diametri 9 metr.

Kalon masjidi

XVI asrda Arslonxon masjidi o‘rnida hozirgi Kalon masjidi qad rostlagan. Uning qurilishi 1514-yilda yakunlanadi. U 1 200 kishiga mo‘ljallangan edi. Ichkarida va tashqarisida qadama naqshlar va yozuvlar bilan bezatilgan.

Miri Arab madrasasi

1536-yilda Ubaydullaxon, masjid qarshisida, o‘z nadimi Miri Arab Yamaniyning maslahati bilan madrasa quradi va ansambl o‘zining zamonaviy qiyofasini oladi. Madrasa 114 xona (xujra) va 2 zaldan iborat. Miri Arab vafotidan so‘ng, uning qabri madrasa hovlisiga o‘rnatildi, xonning o‘zi ham shu yerda mangu orom topgan.



Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasasi

Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasasi

Makkaga oltinchi safaridan qaytgach, Abdulazizxon barcha ko‘zga ko‘ringan ustalarni chaqirib, yangi o‘quv binosini qurish bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Bezatishning o‘ziga xos xususiyati shunday bo‘lishi kerak ediki, devorlarning birida hukmdorning tasviri aks etishi uchun yorug‘likning sinishi kerak edi. Ammo, muqaddas Qur’onga ko‘ra, devorlarda odamlarning tasvirlari tasvirlash taqiqlangan edi. Shunga qaramay, qurilish boshlanadi, unda saroyning bosh arxitektori Muhammad Solih ishtirok etadi.

Hunarmandlarning ishi hukmdor kutganidan ham oshib ketdi. Janubiy devorlarda ilonlar va chayonlar tasvirlari tasvirlangan bo‘lib, ular qiyinchilik va kulfatlarni ifodalagan. Binoning shimoliy qismida esa jannat eshiklari tasvirlangan bo‘lib, bu dunyoning musibatlar va kulfatlarga sabr-toqat bilan dosh bera oladilar odamlarga ochiladi. Xonaqohning g‘arbiy devorida ikkita ayiq tasviri martaba va boylik odamlarga sinov uchun berilganligini bildiradi. Devorlarning sharqiy qismi Alloh haqida zikr qilingan Qur'on oyatlari bilan bo‘yalgan.

Ammo uning buyrug‘i bajarilmagan, hukmdor qiyofasi tasviri yo‘q edi. Abdulazizxonning g‘azablanishida chegara bilmadi va u ustani jazolashga qaror qildi. Lekin u hukmdordan binoning mehrobini sinchiklab tekshirib ko‘rishni so‘radi, unda o‘rtada gullardan guldasta tasvirlangan va hukmdorning kichkina portreti joylashtirilgan edi. San'atkorlarning mahorati Abdulazizxonga shunchalik taassurot qoldirdiki, u taxtdan voz kechib, ibodat bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Madrasa qurilishi tugallanmay qolib ketadi.

Abdulazizxon madrasasi tugallanmaganiga qaramay, uni shahardagi eng chiroyli asar deb atash mumkin. Aynan Abdulazizxon madrasasi qurilishi boshlanishi bilan Sharqiy Markaziy Osiyo me'morchiligining jadal rivojlanishi boshlandi.



Labi Hovuz maydoni

Labi Hovuz maydoni

Muhtasham Labi Hovuz ansambli qadimiy Buxoroning markaziy yodgorliklaridan biri. Maydon XVI asrda Nodirbegi suv havzasi atrofida shakllangan.

Avval bu yerda Nodir Devonbegi madrasasi va shu nomdagi xonaqoh (so‘fiylar istiqomatgohi), hovuz va karvonsaroy paydo bo‘ldi.

Ikkinchi bino – XVI asrda qurilgan Ko‘kaldosh madrasasi Buxorodagi eng yirik madrasalardan biridir. U 160 xujradan iborat. Uning fasadlari maloyika bilan bezatilgan.

Labi Hovuz bir paytlar Buyuk Ipak yo‘lidagi savdo nuqtasi bo‘lgan, bu yaqin atrofdagi savdo ko‘chasining joylashishiga hissa qo‘shgan. Hozir yozning jazirama kunida bu yerda sizni issiqdan qutqaradigan qahvaxona bor. Suv havzasi o‘rniga favvora qurilgan. Shuningdek, xalq ertaklari qahramoni Xo‘ja Nasriddinga XX asr oxirida bronza haykal o‘rnatilgan.



Xo‘ja Nasriddin Afandi haykali

Xo‘ja Nasriddin Afandi haykali

Afsonaviy qahramon Xo‘ja Nasriddin Afandi haykali qadimiy me'morchilikning vazmin durdonalari orasida nur uchquni kabi taassurot qoldiradi. Eshak minib olgan bu ayyor chol xalq qahramoni sifatida hurmatga sazovor.

Ko‘p odamlar uni sharqona afsonalar, latifalar va ertaklarning qahramoni, insoniyatning yomon xislatlariga qarshi kurashgan aqlli, g‘aroyib va hazilkash odam sifatida bilishadi. U ochko‘z hukmdorlar va beklarning yomonliklarini, ikkiyuzlamachilik va qo‘rqoqlikni, poraxo‘rlik va sudxo‘rlikni masxara qiladi.

Nega uning yodgorligi aynan Buxoroda? Sovet yozuvchisi Leonid Solovyov Xo‘ja Nasriddin sarguzashtlari haqida 2 ta roman yozgan. Asarlardan biri asosida Xo‘ja Nasriddin Buxoro bo‘ylab sayohat qilib, Buxoro amiri hovlisiga kirib qolishi hikoya qilinadigan film suratga olinadi. Bu personaj Buxoroda shu qadar ommalashib ketadiki, hatto milliy ramzga aylanib ulguradi va 1979-yilda unga haykal o‘rnatiladi. Har bahorda Buxoroda Xo‘ja Nasriddin sharafiga yumor festivali o‘tkaziladi. Buxoroda, agar siz bolani Xo‘ja Nasriddin eshagiga o‘tqizib qo‘ysangiz, uning hayoti quvonch va ijobiy his-tuyg‘ular tug‘yoni bilan to‘liq bo‘ladi, degan rivoyat ham bor.



Toqi Sarrafon

Toqi Sarrafon

An'anaviy yopiq bozor 1534–1535 yillarda Shayboniylar sulolasidan Ubaydullaxon davrida qurilgan. Bino an'anaviy fors uslubida qurilgan va qadimgi Eronning shunga o‘xshash yopiq bozorlaridan farq qilmaydi. Uning nomi fors va tojik tilidan tarjima qilinganda, "Sarroflar gumbazi (qubbasi)" degan ma’noni anglatadi. Bozor Ipak yo‘li ustida qurilgan va savdogarlar uchun valyuta bozori bo‘lib xizmat qilgan. Musulmonlarga valyuta savdosi taqiqlanganligi sababli, bu ishni hindular va yahudiylar bajargan.

Toki Sarrofon – mashhur diqqatga sazovor joy. Hozir bozorda bezakli sharflar, pichoqlar, gilamlar, xalq musiqa asboblari va boshqa xalq hunarmandchiligi mahsulotlari sotilmoqda.



Toqi Telpakfurushon

Toqi Telpakfurushon

Buxorodagi eski yopiq bozorlardan biri. 1570–1571 yillarda, o‘zbek Shayboniylar sulolasidan Iskandarxon davrida qurilgan. Uning nomi fors va tojik tilidan tarjima qilingan bo‘lib, "telpakfurush savdogarlar gumbazi (qubbasi)" degan ma'noni anglatadi. Birmuncha vaqt u yerda bosh kiyimlari sotiladigan ko‘plab do‘konlar va rastalar joylashgan edi. Bu yerda do‘ppilarning har xil turlari, jundan qilingan bosh kiyimlari, telpaklar va boshqalar sotilgan. Bozor atrofida omborlar, karvonsaroylar va mehmonxonalar qurilgan.

Mazkur yopiq bozor Toqi Kitobfurushon (Kitob sotuvchilar toqi), Toqi Chorsuxi Ohanin (Temir buyumlar toqi), Toqi Xo‘ja Muhammad Parron (Xo‘ja Muhammad Parron gumbazi) nomi bilan mashhur edi.

Toqi Telpakfurushon – mashhur diqqatga sazovor joy. Hozir bu yerda suvenirlar do‘konlari va xalq hunarmandlari mahsulotlari, gilamlar, suvenirlar va boshqalarni sotadigan do‘konlar mavjud.



Tim Abdullaxon savdo gumbazi

Tim Abdullaxon savdo gumbazi

Tim-Abdullaxon bozori ("Abdullaxonning savdo gumbazi" deb ham ataladi) 1577-yilda Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Iskandarxon davrida qurilgan, lekin uning o‘g‘li Abdullaxon nomi bilan atalgan.

Bozor an'anaviy qadimgi Eron shaharlari fors uslubida qurilgan. "Tim" so‘zi umumiy foydalanish uchun usti yopiq bino degan ma’noni anglatadi. Savdo gumbazining boshqa bozorlardan farqi shundaki, u butunlay yopiq va g‘arbiy tomonida darvozasi bor. Quyosh nurlari do‘konlarga faqat gumbazdagi teshiklar orqali kiradi va bu yerda har qanday ob-havoda salqin bo‘ladi.

Tim Abdullaxon – mashhur diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Endi bu yerda mashhur Buxoro gilamlari, xalq hunarmandlari mahsulotlari, rasmlar, musiqa asboblari va boshqalarni sotib olish mumkin bo‘lgan yodgorlik do‘konlari va boshqalar bor.



Toqi Zargaron

Toqi Zargaron

Toqi Zargaron – bir necha qadimiy gumbazli bozorlar ichida eng kattasi va shaharda bozorlarni qurish va joylashtirishda eng murakkabi. Binoning katta gumbazi, shuningdek, bir nechta kichikroq gumbazlari bor. Bozor 1586–1587 yillarda zargarlik buyumlari savdosi uchun Shayboniylar sulolasidan Abdullaxon II davrida sopol g‘ishtdan qurilgan. Uning nomi fors va tojik tilidan tarjima qilinganda, "Zargarlar gumbazi" degan ma'noni anglatadi. Unda 35 dan ortiq zargarlik ustaxonalari va do‘konlari bor edi.

Toqi Zargaron – mashhur sayyohlik joyi. Hozirda qadimiy buyumlar, xalq hunarmandlari mahsulotlarisotiladigan yodgorliklar do‘konlari, shuningdek, zargarlar va temirchilarning ustaxonalari mavjud.



Mag‘oki ko‘rpa masjidi

Mag‘oki ko‘rpa masjidi

Mag‘oki Ko‘rpa masjidi 1637-yilda Shayx Xoja Kalon tomonidan qurilgan va Buxorodagi ikkita "er osti" (mag‘oki) masjidlaridan biridir. Masjid gumbaz tipidagi ikki qavatdan iborat edi. Gumbazlar har ikki qavatda joylashgan. Yuqori qavat yozda, pastki esa qishda namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan. Uzoq vaqt davomida masjid madaniy qatlam bilan qoplangan va uning birinchi qavati yer ostida qolgan. Nomning ikkinchi qismidagi "Ko‘rpa" so‘zi esa masjid joylashgan mavze nomi bilan bog‘liq.



Sitorai Mohi Xosa saroyi

Sitorai Mohi Xosa saroyi

4 km shimolda g‘oyat go‘zal saroy joylashgan. Bir qarashda, bu saroy sharq amiriga yoki g‘arb shahzodasiga tegishli ekanligini aniqlay olmaysiz.

Sitorai Mohi Xosa qarorgohi ikki qismga bo‘linadi: eski (sharqona uslubda) va yangi (evropa uslubida). Uning XVII asrdagi birinchi binolari shu kungacha saqlanib qolmagan. Yangi majmua 1911–1920 yillarda Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Amir Said Olimxon tomonidan qurib bitkazilgan.

Saroy qurilishiga Buxoroning eng yaxshi me’morlari va rus me’morlari jalb qilingan. Saroy erkaklar va ayollar qismlarga bo‘lingan.

Sitorai Mohi Xosa tarjimada "Oy kabi yulduz" degan ma’noni anglatadi, binoning oyga o‘xshash shakli ham shundan. Sizning e'tiboringizni tortadigan birinchi narsa-bu ravoqning to‘q qizil qoplamali bezakli darvozasi, bu Markaziy Osiyo me'morchiligi uchun umuman xos emas. Saroyning asosiy kirish joylaridan birini ikkita sher qo‘riqlaydi. Saroyning fasadi relef bilan bezatilgan, tomning chetida dekorativ guldonlar qo‘yilgan naqshinkor panjara o‘rnatilgan. Peshayvon nozik feruza ranglarda ishlangan va ustunlar bilan bezatilgan. Qarorgohning o‘rtasida favvorali hovli bor. Ichki zal o‘zining hashamati, go‘zalligi va bezaklari bilan hayratga soladi.

Hozir saroyda san'at va hunarmandchilik muzeyi joylashgan.



Bolohovuz majmuasi

Bolohovuz majmuasi

Bolohovuz masjidi 1712-yilda Buxoro amiri Shohmurod tomonidan oddiy odamlar bilan birgalikda jamoat namozini ado qilish uchun qurilgan. Inqilobdan oldin Buxorodagi asosiy juma masjidi bo‘lib xizmat qilgan. O‘sha paytda majmua masjid va hovuzdan iborat edi. Oradan 205 yil o‘tib, 1917-yilda me'mor Shirin Murodov tomonidan kichik minora qurilgan. Minoraning shakli shahardagi asosiy Minorai Kalonga taqlidan barpo qilingan.



Buxoro zindoni

Buxoro zindoni

Buxoro zindoni – XVIII asrning ikkinchi yarmida o‘zbek Mang‘itlar sulolasi davrida qurilgan zindon. Tashqaridan zindon Ark qal'asiga o‘xshaydi. Zindon asosan sopol g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, baland devorlar bilan o‘ralgan va katta yog‘och darvozadan kirish mumkin bo‘lgan qal'a yoki istehkomga o‘xshaydi.

Zindon ikki qismga bo‘lingan: zindoni bolo – yuqori zindon va zindoni poyon – pastki zindon. Yuqori zindon mahbuslar uchun xonalari bo‘lgan bir necha hovlidan iborat edi, ular zindondan oyiga ikki marta, odatda ob-havodan qat'i nazar, zanjirband qilingan va yalangoyoq holda Registon maydoniga olib chiqilgan. Pastki zindon – chuqurligi 6,5 m, diametri 5 m bo‘lgan katta chuqur, jinoyatchilar arqon bilan pastga tushirilgan va ularga oziq-ovqat ham tushirilgan. O‘sha davrdagi ko‘plab musulmon mamlakatlarida mahbuslar yoki og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilinganlarni chuqur chohga qamash qo‘llanilgan. Mahbuslar zindonda g‘ayriinsoniy sharoitda edilar, ba'zi mahbuslar qancha muddatga qamalganlarini bilishmasdi.

Faqat o‘zga yurtliklar qo‘riqlash va nazorat uchun ishga olingan, chunki mahalliy aholi orasida mahbusni ozod qilmoqchi bo‘lgan qarindoshlari bo‘lishi mumkin edi.

Hozir bu yerda mahbuslarning turli holatdagi manekenlari, qiynoq asboblari bo‘lgan va kameralardan iborat muzey joylashgan.



Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi

Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi

Fayzulla Ubaydullaevich Xo‘jayev (1896–15.03.1938) – o‘zbek sovet partiyasi va davlat arbobi, O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Kengashi raisi (1924–1937), metsenat va demokratiya targ‘ibotchilari bo‘lgan jadidlar-yosh buxoroliklar yetakchisi. 1938-yilda u qatag‘onga uchragan, keyinchalik esa qatl etilgan.

Uning uy-muzeyi boy va mashhur G’oziyon tumanida joylashgan. Uy tashqi va ichki hovlilarga, otxona va bog‘larga bo‘lingan. Muzeyda mebel, kiyim-kechak, dasturxon, kolbasa, vinil plastinkalar va o‘sha davrdagi boshqa buyumlar namoyish etilgan.



Abu Ali Husayn ibn Abdulla ibn Sino yodgorlik majmuasi-muzeyi (Avitsenna maqbarasi)

Abu Ali Husayn ibn Abdulla ibn Sino yodgorlik majmuasi-muzeyi (Ibitsenna maqbarasi)

1980-yilda faylasuf va olim Abu Ali Ibn Sinoning 1 000 yilligi sharafiga yodgorlik majmuasi-muzeyi qurilgan. Ibn Sino aniq fanlar, falsafa, tibbiyot va san’atda katta iz qoldirgan.

Muzey tarkibiga bir nechta zal, dam olish xonasi, konferens-zal, video kutubxona va X–XI asr madaniyatining 400 dan ortiq eksponatlar kiradi. Buxoro tarixining Ibn Sino davri bilan bog‘liq qo‘lyozma nashrlari, moddiy va ma'naviy madaniyat, tibbiy asboblar muzeydan joy olgan.



Temirchilik hunari muzey-yodgorligi

Temirchilik hunari muzey-yodgorligi

Temirchilik hunari muzey-yodgorligi 1992-yilda Karvonsaroyda, Toqi Telpakfurushon gumbazi yaqinida yaratilgan. Muzeyda siz nafaqat temirchilik tarixini o‘rganibgina qolmay, balki o‘zingiz ham bu jarayonda ishtirok etishingiz va esdalik sifatida qandaydir suvenir yasashingiz mumkin. Muzeyda qilich, pichoq, xanjar va boshqa temirchilik ishlari namoyish etilgan. Bu yerda temirchilar ustavining saqlangan qo‘lyozmasi-Risolai ohangari va misgari ham bor.

Temirchilik muzeyini yaratishda temirchilar oilasining beshinchi avlodi vakili bo‘lgan Shokir Kamolovning xizmatlari beqiyos.



"Qadimiy va boqiy Buxoro" yodgorligi

“Qadimiy va boqiy Buxoro” yodgorligi

Yodgorlik 107 gektar maydonda joylashgan va 700 tomoshabinga mo‘ljallangan drama teatri va 2 000 o‘rinli amfiteatrni o‘z ichiga olgan "Buxoro madaniy markazi" madaniy majmuasi hududida barpo etilgan.

Og‘irligi 32 tonna va balandligi 18 m bo‘lgan yodgorlik poydevorida mamlakat xaritasi bilan Yer sayyorasi tasvirlangan. Poydevor ustida shaharning me'moriy va tarixiy diqqatga sazovor joylari tasvirlangan. Yodgorlikning o‘zida miniatyuralar tasvirlangan bo‘lib, unda har bir inson o‘z hayotida qilishi kerak bo‘lgan uchta asosiy narsa – o‘g‘il o‘stirishi, daraxt ekishi, uy qurishi tasvirlangan. Teranroq ma'noda esa – bu dunyoga sog‘lom avlod qoldirish va uning farovonligini ta'minlashni bildiradi.



Toshkent – hozirgi diqqatga sazovor joylar
Toshkent – muzeylar va teatrlar
Toshkent – tarixiy yodgorliklar
Toshkent – masjidlar, ibodatxonalar
Toshkent istirohat bog‘lari, xiyobonlari, bog‘lari
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi
Xiva – o‘tmishga ochilgan vaqt darvozasi
Xorazm – ming qal'adan iborat mamlakat

Yo‘naltiruvchi operatoringiz
O‘zbekiston

(+998) 78 120 90 00

info@otpusk.uz

Bizga yozing

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling!

Va bizning yangi aktsiyalarimiz, mehmonxonalarimiz, so‘nggi daqiqalardagi sayohatlarimiz, haftaning eng yaxshi narxlari haqida bilib oling!